Origi sentyabrda "Liverpul" safidan ketishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 sen 2021, 20:41
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi Turkiyaning top klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, "Fenerbaxche" "qizillar"ning belgiyalik forvardiga qiziqish bildirmoqda. "Oltin kanareykalar" 8 sentyabrgacha - Turkiyadagi transfer oynasi yopiladigan vaqtgacha Origi transferini hal qilmoqchi.

Qayd etilishicha, klublar o'rtasida muzokaralar karantin cheklovlarining oldini olish maqsadida masofadan turib olib borilmoqda. Agar tomonlar Origining transferi borasida kelisha olsalar, turklar futbolchini Istanbulga olib kelish uchun shaxsiy samolyot yuborishadi.

"Fenerbaxche" futbolchini 16 sentyabrda boshlanadigan Yevropa Ligasi guruh bosqichi oldidan qaydnomaga qo'shishni istaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Readfootball