Origi "Milan"ga o'tmoqda
19 may 2022 15:18
Yangiliklar
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, hujumchi 4 yillik shartnomaga imzo chekdi, uning maoshi yiliga 3,5 mln evroni tashkil etadi. U "Milan"ga o'tish uchun uch klub taklifini rad etdi: "Nyukasl", "Kristal Pelas" va "Bayer".
Origi italyan klubiga erkin agent maqomida o'tadi.
Forvard "Liverpul"ga 2014 yilda "Lill"dan o'tgandi. U mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 175ta o'yinda maydonga tushib, 41ta gol va 18ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar