So’nggi yangiliklar

01:48Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" билан шартнома муддатини узайтиришга яқин  2 01:23Александр Крестинин: "Биз "Локомотив" номли санатория эмасмиз"  2 01:11Максим Шацких: "Декабргача турнир жадвалига умуман қарамайман  10 00:50Виталий Левченко: "Йўқ жойдан очко йўқотдик. Ёзги трансферлар ойнасида маҳаллий футболчиларни ўз таркибимизга қўшиб олишимиз мумкин"  8 00:20Гринвуд Франция чемпионатига йўл олиши мумкин, музокаралар бошланди  0 23:43Германия терма жамоаси футболчилари Евродаги мукофот пулларининг салмоқли қисмини уйсизларга ёрдам бериш учун хайрия қилади  1 23:26"Ювентус"нинг ўтган мавсум гол уролмаган ҳужумчиси А Сериянинг бошқа клубига ўтади  0 23:07Илёс Зейтуллаев: "Мен жойимдан қўрқмайман. Эртага нима бўлишини билмаймиз"  6 22:55Кроос Евро-2024'да яриммайдонлар оралиғида ҳамда аниқ паслар бўйича энг яхши натижани қайд этмоқда  2 22:34"Реал Мадрид" посбони Евро-2024 гуруҳ босқичининг энг ёмон дарвозабони деб топилди  1 22:18Суперлига. "Пахтакор" — "Бунёдкор" 1:0. Highlights  1 22:13Суперлига. "Нефтчи" — "Локомотив" 1:1. Highlights  2 21:56Суперлига. "Пахтакор" "Тошкент дербиси"да "Бунёдкор"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  61 21:55Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида "Локомотив"ни юта олмади   38 21:25"Бавария" клуби "Байер" сафида чемпион бўлган футболчиси билан шартнома муддатини узайтирди  0

Orifxo'ja Abduxoliqov: "Futbol o'ynashni hamma biladi, lekin gol urishni ko'pchilik eplay olmaydi" Yangiliklar

Orifxo'ja Abduxoliqov: "Futbol o'ynashni hamma biladi, lekin gol urishni ko'pchilik eplay olmaydi"

PRO-ligada yozgi tanaffus davom etmoqda. Jamoalar mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Toshkent viloyatining "Nurafshon" klubi bu yil ilk bor PRO-ligada ishtirok etayotganidan xabaringiz bor albatta. Ushbu jamoa hujumchisi Orifxo'ja Abduxoliqov hozirga qadar 13ta gol urib quyi liga to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda. Biz O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovning ukasi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- "Nurafshon" varianti qanday paydo bo'ldi?

- 2018 yilgi mavsumni aslida "Paxtakor-2" safida boshlashim kerak edi. Biroq chempionat boshlanishiga oz qolganida PRO-ligada format o'zgarib ketdi va "Paxtakor-2" jamoasi ligada ishtirok etmaydigan bo'ldi. SHundan so'ng menga "G'ijduvon" va "Nurafshon"dan taklif bo'ldi. "Nurafshon" uyimga yaqinroq bo'lgani va uning bosh murabbiyi Vohid Xolboevni oldindan taniganim uchun shu klubni tanlashga qaror qildim.

- Vohid Xolboev haqida qanday fikrdasiz? U qanday murabbiy?

- Vohid aka Xolboev yaxshi murabbiy. Mashg'ulotlarni qiziqarli o'tadi. Ko'proq standart vaziyatlar ustida ko'p ishlaymiz. Mashg'ulotlar vaqtida qattiqqo'l, hayotda esa do'stga aylanadilar. Yigitlarning kayfiyatini meyorida ushlab tura oladigan murabbiy.

- "Nurafshon" yangi tuzilgan jamoa. SHunga qaramay PRO-liganing "B" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Bu yilgi maqsad qanday?

- Jamoaning maqsadi Superigaga chiqish. Albatta buning uchun ko'p yo'l bosib o'tishimiz kerakligini bilamiz. "B" guruhida birinchi o'rinni olib, "A" guruhi jamoasini mag'lub etishimiz lozim. Undan keyin Superligada eng oxirgi o'rinlarni olgan klubdan birini mag'lub etishimiz kerak.

- Mana shu yo'l orqali Superligaga chiqish uchun imkoniyat qanday deb o'ylaysiz?

- Imkoniyat doim bor. Masalan, Superligada ishtirok etayotgan Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik, farq u qadar katta emasligini ko'rdik. "Andijon" bilan ikki marta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdik. Bir bor yutdik, bir marta yutqazdik. PRO-ligada "A" va "B" guruhidagi jamoalarning saviyasi u qadar farq qilmaydi deb hisoblayman. Agar bizning jamoa "A" guruhida bo'lganida ham hozir kamida 3-o'rinda yurgan bo'lardi.


- PRO-liganing umumiy saviyasi haqida nima deya olasiz?

- Saviya yaxshi, o'tgan yilgidan kuchliroq bo'ldi menimcha. Albatta, kamchiliklar ham bor. Ko'proq stadionlar holatlari bilan bog'liq. Misol tariqasida, Zomin, Yozyovondagi stadionlarning maydoni biroz notekisligini aytgan bo'lardim. Lekin sekin-asta barchasi talab darajasida bo'lishi uchun PFL harakat qilayotgani bor gap.

- Nimaning evaziga klub birinchi o'rinda bormoqda? Jamoada etakchi kim?

- Jamoada barcha etakchi. Darvozabon ham, himoyachilar, yarim himoyachilar va hujumchilar. Barcha o'z ishini qilmoqda va natija qo'lga kiritilmoqda. "Nurafshon"da barcha futbolchilar bir oiladek bo'lib ketgan.

- Siz bir necha marta Superliga klublarida ko'rikda bo'lgansiz, ammo hozirgacha yuqori ligada o'ynash nasib qilmagan. O'shanda alam qilmaganmi?

- Alam qilgani uchun ham o'zimni PRO-liga klublarida ko'rsatishga urinayapman-da. O'tgan mavsum "NBU-Osiyo" safida ko'plab gollar urganimda gap so'zlar chiqqandi: faqat kelishilgan o'yinlarda uradi deb. Bu xudoga shukur yana ko'p gol urayapman va o'sha gaplar noto'g'ri ekanligini isbotlamoqchiman.

- Ayni paytda 13ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinda borayapsiz. Yozda boshqa klublardan takliflar bo'ldimi?

- Qo'shni davlatlar klublari va "A" guruhi jamoaaridan taklif bo'ldi. Ammo jamoani yarim yo'lda tashlab ketishni istamadim. Sababi mavsum o'rtasida yangi klubga borsam u erga moslashib ketishim kerak, zaxiraga o'tirib qolishim mumkin. Hozir pulni asosiy o'ringa qo'ymayapman. Ayni o'ynaydigan yoshdaman. Qishda kimga gol uradigan hujumchi kerak bo'lsa taklif bilan chiqishadi deb o'ylayman.

- Ko'p gol urishingizda aynan nima asosiy rol o'ynadi deb o'ylaysiz?

- To'g'risi aytganda futbolda bitta narsani ajratib ko'rsatish juda qiyin. Gol urish hamda g'alaba qozonish uchun futbolchining mehnati, murabbiy ko'rsatmasi, omad va yana boshqa faktorlar kerak. Butun jamoa yordam bermoqda va gol urayapman. Jamoadoshlarim yordam berishmaganida bunchalik ko'p gol urmagan bo'larmidim balki.


- Bu mavsum siz uchun eng yodda qolgan o'yin qaysi bo'ldi?

- Barcha o'yinlar yodda qoldi. Lekin "Zomin"ni safarda 1:0 hisobida mag'lub etib kelgandik. Mezbonlar ikkita penaltidan gol ura olishmadi. Oxirgi daqiqalarda men to'p kiritib jamoamga g'alaba keltirgandim. Bundan tashqari "Lokomotiv-BFK" bilan ikkinchi bahs ham yodda qoldi. Bu o'yinda ham yagona golni urishga muvaffaq bo'lgandim.

- Akangiz yaqinda "Lokomotiv"ga o'tdi. Bu qanchalik to'g'ri qaror deb o'ylaysiz?

- Menimcha to'g'ri qaror. CHunki akamnig sobiq klubi, o'z uyiga yaqin joy. O'zini yaxshi tomonlama ko'rsatsa yana xorijga ketishi mumkin.

- Dadangiz birinchi murabbiyingiz ekanini bilamiz. Ular birinchi tanqidchingiz ham bo'lsalar kerak?

- Albatta. O'yinlardan keyin qo'ng'iroq qilib turadilar. Agar o'yinimiz Toshkentda bo'lsa stadionga kelib uchrashuvni tomosha qiladilar va bahsdan keyin kamchiliklarimni aytadilar. Akam ham vaqt topsa albatta gaplashib turamiz.

- SHaxsiy hayot haqidagi savol, uylanishga hali ertami?

- Uylanishga hali vaqt bor deb o'ylayman. Futbolni o'z yo'liga qo'yib olishim kerak. Bundan tashqari turmush qurush o'yinchoq emas, oilaning masuliyati katta. Hozir faqat gol urish haqida o'ylayapman. Futbol o'ynashni hamma biladi, lekin gol urishni ko'pchilik eplay olmaydi.

- Superligani kuzatib borayapsizmi?

- Ha. Mavsum boshida, dastlabki 4-5ta turda jamoalar chiroyli o'yinlar ko'rsatishgandi. Orada biroz pasayish bo'lgandek nazarimda. Balki bu jismoniy holat bilan bog'liqdir. Tanaffusdan so'ng yana jamoalar tomoshabop o'yin ko'rsatishlarini kutayapman.

- PFL bu mavsumda Superliga va PRO-liga klublari futbolchilariga normativ testdan o'tishni majburiy qilib qo'ydi. SHaxsan sizga bu testlar og'irlik qilmayaptimi?

- Yozgi tanaffus vaqtida, 10 kun davomida Dukentda o'quv-mashg'ulotlarini olib bordik. Agar futbolchining jismoniy holati maromida bo'lsa bunday normativlar unga cho't emas. Bu testlar har bir o'yinchining holatini ko'rsatib beradi.

- So'nggi savol, Rossiyada o'tgan Jahon chempionati haqida nima deya olasiz?

- Jahon chempionati olamshumul voqea bo'ldi. Ko'plab favorit jamoalar juda erta Rossiyani tark etishdi. O'zim Portugaliyaga muxlislik qildim va Urugvayga yutqazganida alam qildi. Franciya haqli chempion bo'ldimi? Ular finalda Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etishdi, 1:0 yoki 2:1 emas, demak ular bunga haqli bo'lishdi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика