Orif Mamatkazin: "Himoyadagi rasvo o'yin tufayli 6ta gol o'tkazib yubordik"
15 avg 2014 23:08
Yangiliklar
Orif Mamatkazin: "Himoyadagi rasvo o'yin tufayli 6ta gol o'tkazib yubordik"
"Mashal" - "Andijon" (6:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Orif Mamatkazin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Himoyada qilingan rasvoy o'yin tufayli shunday yirik hisobdagi mag'lubiyatga uchradik. O'tgan turda o'z maydonimizdagi g'alabadan yigitlar havolanib ketishdi. Bitta o'yinda 6ta gol o'tkazdik, ularning 4tasini standartlardan so'ng qo'yib yubordik. Endi o'yinni yana bir bor ko'rib chiqamiz va xatolar ustida ishlaymiz. Afsuski Andijondan Muborakka kelib bizni qo'llab turgan muxlislarni xursand qila olmadik. Ularga minnatdorchilik bildiraman, ulardan mag'lubiyat uchun uzr so'rayman", - deb gap boshladi Orif Mamatkazin.
"SHuxrat Mirxoldirshoev hozirgi vaqtda 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas. SHu bois uni zaxiradan maydonga tushirdik. Ikkinchi davra oldidan bir qator futbolchilarni qo'shib oldik. Lekin hali ular jamoaga qo'shilib ketishgani yo'q. Qisqa muddatda buni amalga oshirish juda qiyin. "Mashal"da yiliga bir-ikki futbolchi o'zgaradi. Bizda esa har yili o'nlab futbolchilar kelib shunchasi ketadi. Bunday holatda jamoaviy o'yinni tuzish juda qiyin", - deydi Mamatkazin.

Fikrlar