So’nggi yangiliklar

18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  1 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  0 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  1 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  0 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  7 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  3 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  36

O'rgan "student"! PSV qanday pul ishlab topadi? Yangiliklar

O'rgan "student"! PSV qanday pul ishlab topadi?

Gollandiyaning PSV klubi marketing menejeri Gus Pennings Moskvadagi “Sport turlarida menejment” fakulteti talabalari bilan uchrashib, klubning tijoriy faoliyati to'g'risidagi qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- PSVning muxlislar auditoriyasini qancha deb baholaysiz?

– Maxsus izlanishlarga ko'ra, Gollandiya va Evropada klubimiz ishqibozlari soni 900 ming nafarni tashkil qiladi. Bunda biz uchun doimo muxlislik qiladigan, natijalarni kuzatib boradigan, jamoa yangiliklarini o'qib boradigan insonlarni nazarda tutyapman. SHuningdek, bizga qiziqish bilan qaraydiganlar soni yana 1,5 millioncha bor. Yana PSVning auditoriyasiga bog'liq bazi narsalarni aytib berishim mumkin. Har hafta televizor orqali o'yinmizni o'rtacha 5 million odam kuzatadi. Malumotlar bazamizda 150 ming muxlis nomi ro'yxatdan o'tkazilgan. Ulardan 90 mingi klub azolari sanaladi va azolik badallarini to'lashadi.

- Ular orasida bolalar va yoshlar ko'pmi?

– Etarlicha. Biz 16 yil oldin bolalar uchun maxsus “Phoxy” klubini ochganmiz. Hozirgacha unga 200 mingdan ortiq azolik kuzatilgan. Badal bir yilga 25 evroni tashkil qiladi va uni ota-onalar to'lashadi. Klub oylik jurnaliga ega va har yili ko'plab kechalarni tashkil etadi. Masalan, “Phoxy Day” deb atalgan eng mashhur kunimizda futbol maydonida, stadionda klubning yangi tavallud topgan azolarining shaxsiy va umumiy fotosessiyasi o'tkaziladi.

Bolalarning yoshiga qarab tadbirlarda ishtirok etuvchilar ro'yxati cheklanadi. Biz tug'ilganidan boshlab 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni azo qilib olamiz. Albatta, turli yoshdagilarning qiziqish doirasi har xil bo'ladi. Yoshi kichiklarda tadbirdagi o'yinlar, unda faollik qilish va maskot bilan muloqot ham katta taassurot qoldiradi. Kattaroq yoshlilar uchun futbolning o'zi muhimroq sanaladi. Jamoa bilan muloqot, dastxatlar olish, suratga tushish kabi. SHu sababli ularga imkon boricha tez-tez bunday imkoniyatni taqdim qilishga intilamiz.



- Bolalar bilan ishlashga katta etibor berilar ekan. Ular katta bo'lgach ham PSV muxlislariga aylanadimi?

– Ha, bunday statistika bor va biz undan to'liq qoniqamiz. 90 foiz holatda “Phoxy Club” azolari PSVga muxlislik qilishda davom etishadi. 46 foizdan ortig'i abonementlar sohibiga aylanadi. 44 foiz ishtirokchi o'yinlarga chiptalarni muntazam xarid qiladi. 72 foiz atrofida klub yangiliklarini kuzatib borishadi. 67 foiz bolalar keyinchalik klubimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga azo bo'lishadi. Yana ularning kamida yarmi PSV atributkalarini sotib olishadi.

- Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik haqida aytsangiz. Bu borada PSVni boshqa klublardan ajratib turadigan biror jihat bormi?

– Biz ijtimoiy tarmoqlarga imkon boricha boshqa mavzularni joylashtirishga urinamiz. U erda rasmiy saytda chiqqan narsalar takrorlanmaydi. U eksklyuziv. Bizdan boshqa joyda bunday narsani ko'rmaysiz. Bu zerikarli rasmiy sharh yoki barcha OAVda chiqadigan protokol kartochkasi emas.Masalan, Depayning “Dinamo” bilan o'yin tanaffusida kiyinish xonasida massaj stolidagi surati. Yoki Moskvada boshqa futbolchilarning o'zini suratga olgan rasmlarni beramiz. Bu birinchi jihatimiz.

Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarni monitoring vositasi sifatida ishlatishga harakat qilamiz. Muloqot vositasi, muxlislar bilan aloqa, ularning ijobiy va salbiy reakciyalarini kuzatib borish uchun bu muhim. “Twitter”dagi sahifamizdan misol keltiraman: bizda u ikkita – biri ananaviy, rasmiy xabarlarni berish borish uchun. Ikkinchisi esa “PSV Fan Desk” deb ataladi. Uni yaqinda ochdik. Unda ishqibozlarning savollariga javob berishga intilamiz. CHunki klub rasmiy sahifasini savol-javoblar bilan band qilish kerak emas. Ularning etirozlarini ham bilib boramiz. Bu qulay va muxlislarni yanada qiziqtirishga yordam bermoqda. Ishqibozlar qiziqib, muxlislik qilishni boshlashadi yoki nimadadir bizdan xafa bo'lganlarni ortga qaytarish imkoniyati yuzaga keladi.

Bir safar shunday bo'lgan: tvitter orqali muxlislarni jamoaning ochiq mashg'ulotiga taklif etganmiz. Va muxlislar uchun ochilgan sahifadan bir ishqiboz shunday javob berdi: “Hech qachon u erga bormayman, chunki Jeffri Bruma juda kibrli inson. O'tgan safar shunday mashg'ulotdan keyin uning oldiga dastxat so'rab borsam, u men tarafga qarab ham qo'ymadi”. So'ng biz uzoq bahslashdik – ushbu xabarga javob yozish-yozmaslik borasida. Ko'pchilik bunday qilish kerak emas deb aytdi, lekin men u bizga buni yozgan ekan, demak befarq emasligi haqida gapirdim. Oxiri unga javob yozdik. Unga o'tgan safargi voqea uchun afsusda ekanimiz va uning taassurotini yaxshi tarafga o'zgartirishimiz haqida xabar yozdik. U esa bizga qanday javob berganini bilasizmi? Mashg'ulotga kelishi va uni eshitganimiz uchun minnatdorchiligi izhor qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarga oid yana bir maslahatni sizlarga aytishim mumkin. Agar futbol klubida ishlasangiz va tarmoqlar sahifasini yuritib borsangiz, ular sizning uslubingizda bezatilgan bo'lishi zarur – klub ranglari, ramzi va boshqa rasmlar keng joy egallashi lozim. Bu muxlislarga juda maqul keladi. Malumotga ko'ra, ular bunday bezatilgan sahifalarga oddiy bezatilganidan ko'ra 4 baravar ko'proq tashrif buyurishadi.



PSV bironta muxlisini nazardan chetda qoldirmaydi. Bunga surat orqali ham baho berishingiz mumkin.

- Muxlislar bilan ishlashda mobil aloqa dasturlaridan foydalanasizmi? SHunday taqdirda foydalnuvchilar qanday imkoniyatlarga ega bo'lishadi?

– Ha, foydalanamiz. Ayni paytda o'yin paytida stadionda bo'lgan ishqibozlarga mo'ljallangan maxsus dasturni ishga tushiryapmiz. Stadion ichida bo'lganlar uchun u tekin bo'ladi, tashqaridagilar uchun esa pulli. Uchrashuvga kelganlar jamoa tarkibi to'g'risida malumot olishadi. Bu haqida malumotni shaxsan Filipp Koku aytib beradi. Gollar va xavfli vaziyatlar takroriy lavha bilan namoyish etiladi. Kiyinish xonalari va maydonga chiqib kelish efirga uzatiladi. Dastur yordamida o'yinning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish mumkin. SHuningdek,tanaffus paytida qo'yiladigan qo'shiqlar uchun ovoz berish imkoniyati mavjud.

Kelajakda dastur yordamida stadion bufetlarida taom va ichimliklarga buyurtma berib, to'lovni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishni o'ylayapmiz. Bunda muxlislar tribunadagi o'rindiqlarini tark etishmaydi. Buyurtma qiladi, to'laydi va tanaffusda bufet oldiga borib, o'z narsalarini olib ketishlari mumkin bo'ladi. Bu navbatni kamaytirib, taomlar va ichimliklardan tushadigan pulni ko'paytirishiga umid qilyapmiz.

Albatta, buni ishga tushirish uchun stadion bo'ylab yuqori tezlikka ega internetga ega bo'lishimiz darkor. Bu 1,7 million evroga tushadi. Hozir esa stadion bo'yicha “Wi-Fi” interneti tekin va arenaga jami 600 dona aloqani taminlovchi routerlar o'rnatilgan. 6 avgust kuni birinchi  marta “Breda” bilan uchrashuvda aloqa sifatini tekshirib ko'rdik. O'shanda stadionga 30 ming muxlis keldi va ulardan 16 ming nafari internetdan foydalandi.

To'g'ri, malum vaqtdan keyin barcha bundan rozi emasligini bilib oldik. Bazi ishqibozlarning fikricha, bu futbol ruhiyatini yo'q qiladi. Stadionda odamlar jamoani qo'llash o'rniga gadjetlarida ishlash bilan band bo'lishlari mumkin. Va yana bir etirozni qabul qildik. Qimmat futbolchilarni sotib olishga pul etarli emas, lekin qimmat internetni hamyoningiz ko'tardi degan manoda. Keyin biz internet uchun pulni klub byudjetidan emas, balki “UBC Media”kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi orqali ishlatganimizni tushuntirib o'tdik. SHartnomada faqat shu maqsadda puldan foydalanishimiz mumkin edi. Qolaversa, o'sha pulga baribir o'yinchi sotib ololmasdik. Umuman olganda, vaziyatni yumshatish nasib qildi. Hozir hammasi joyida. Stadionda norozilarni ko'rmayapmiz.

- PSVda marketing bo'limi homiylar bilan ishlashga jalb qilinadimi?

– Albatta, homiylar futbolga kelib, vip o'rindiqda o'tirib, pivo ichish uchungina pul to'lashmaydi, buni bilasiz. Ular mahsulot va xizmatlarini reklama qilish uchun pul to'lashadi. Muxlislarimiz ularning mijozlariga aylanishiga umid qilishadi. Reklamani taminlab berishimiz shart, ularning ishonchlarini oqlash uchun ham. Buni qay tariqa amalga oshiramiz? Biz g'oyalar o'ylab chiqamiz, biror homiy bilan hamkorlik imkoniyatini o'rtaga tashlaymiz. Hamkorlikda klub yoki futbolchilar imijidan qanday foydalanish mumkinligi haqida malumot etkazamiz. Bu loyihalarni homiylar bilan kelishgan holda uni amalga oshirishda ishtirok etamiz.

PSVning 100 yillik yubileyi 2013 yil o'tkazildi. O'shanda “Facebook”da muxlislar o'rtasida so'rovnoma tashkil qildik. Ular klub tarixida eng yaxshi 6 jamoani aniqlab berishni taklif etdik. Uning yakuniga ko'ra, homiylarimizdan biri “Bavaria” olti idishda maxsus o'sha jamoalar dizayni aks etgan pivolarni ishlab chiqardi. Bu akciya muvaffaqiyatli chiqdi. Hamkorimiz bundan to'liq qoniqish hosil qildi. Ularning aytishicha, uning yordamida PSV ishqibozlari o'rtasida kompaniya mahsulotlari sotuvi bir necha baravarga oshgan.

Yoki boshqa bir homiyimiz “Mandemakers Keukens” - oshxona mebellari ishlab chiqaradigan kompaniya bilan bog'liq holatni aytib o'taman. Ular bilan hamkorlikda oyda bir marta teleko'rsatuv tayyorlaymiz. Dasturni klubimizning “YouTube”dagi kanalida tomosha qilsa bo'ladi. Ikki nafar futbolchimiz yoqtirgan taomlarini tayyorlashadi. Studiyaga taklif etilgan muxlislar esa kimning taomi mazaliroq chiqqanini aytib berishadi. Albatta, ushbu ko'rsatuv “Mandemakers” tayyorlagan studiyada tayyorlanadi. Futbolchilar uning jihozlari va maxsus kiyimidan foydalanishadi.

Ishqibozlarimiz orasida ushbu ko'rsatuv juda mashhur. Unda tayyorlangan taomlar receptini uchrashuv dasturlarida chop etamiz. Muxlislar ko'pincha uchrashuv dasturining o'zini stadionda qoldirishadi, lekin aynan recept berilgan sahifani yirtib olib, o'zlari bilan olib ketishadi. Homiyimiz olgan foydani gapiradigan bo'lsak, ular ham xuddi “Bavaria” kabi bundan mamnun bo'lishdi. Savdo o'sdi va brend mashhurlashdi. Muxlislarimizning 36 foizi “Mandemakers Keukens” kompaniyasi va uning klubimiz bilan hamkorligidan xabardorlar.

Yaqinda titul homiyimiz “Philips” kompaniyasi uchun tayyorlagan roligimizni ham yodga olsam bo'ladi. Asosiy g'oya bu kompaniya ishlab chiqarayotgan yangi oshxona multipechini reklama qilib berishimiz lozim edi. Bir necha futbolchilarimiz unda ishtirok etishdi. SHartnoma bandida ularning tasvirga olish jarayonida qatnashishi ko'rsatilgan.

Syujetda ular oshxonada o'tiradi va oshpaz ularga parhezli taom beradi. O'yinchilar bunga javoban yaxshiroq ovqat borligi haqtda so'rashadi. Yakunda ularga o'sha mulltipechda tayyorlangan kartoshkali fri keltiriladi. SHu payt oshxonaga murabbiy kirib qoladi va futbolchilar darhol frini berkitishadi. CHunki ularga buni istemol qilish zararli. Lekin murabbiy oshxonada o'tirib, oshpaz bilan birgalikda fri eyishga tushadi. Futbolchilar o'sha pechda tayyorlangan taomning foydali ekanligini bilishmasdi. Syujetning manosi shunday edi. Bu rolikni birinchi haftaning o'zida “YouTube”da milliondan ortiq tomoshabin ko'rdi.

Yana bir tijoriy bo'lmagan akciya haqida gapirib beraman. U ijtiroiy ko'rinishda edi. “Tzorg” firmasi bilan futbolda fristayler ko'rsatadigan Genk Yakobs ishtirokida rolik suratga oldik. 25 yoshli yigitni qariya ko'rinishida futbol o'yinlaridan biriga tushirdik. Odamlar qari insonning to'p bilan ajoyib muomala qilishini ko'rib, hayratdan yoqa ushlashganini ko'rish zarur edi. Birinchi haftadayoq uni 256 ming tomoshabin ko'rdi. U erda shior “Qariyalar sizlar o'ylagandan ko'proq narsaga qodir” edi. “Tzorg” rahbari bizga shaxsan rahmat aytdi. U kompaniya faoliyati bunchalik etibor tortishini o'ylab ham ko'rmagan ekan.



- Hozir jahonda etakchi klublar muxlislar bilan ishlashda “CRM” tizimlardan foydalanishyapti. Sizlarda bu borada ish qanday?

– Biz ham bundan chetda hisoblanmaymiz. Men muxlislar bazasi haqida gapirib o'tdim. Hozir unda 150 ming ishqiboz malumotlari saqlanadi. Bu saytimiz orqali ro'yxatdan o'tganlar. Ularning barchasi to'g'risida maxsus fayllarimiz mavjud. Sayt orqali qilingan xaridlarni bilish tufayli biz yangi mahsulotni tijoriy taklif qilishimiz mumkin. Ushbu tizim tufayli taklifni manzilga yuborish imkoniyati mavjud.

Agar aniq bir muxlis kelasi o'yinga chipta sotib olmagan bo'lsa, tizim uni saytimizga kirishi bilanoq chipta sotib olish taklifi bilan kutib oladi. Agar chipta sotib olgan bo'lsa-yu, abonementi bo'lmasa, unda shunday taklif aks etadi. Agar jamoaning yangi libosini xarid qilmagan bo'lsa, unga shu xaridni amalga oshirish taklif qilinadi. Va tizim shunday ishlashda davom etadi.

Tizim muxlislarni bilishdan tashqari, bizga turli akciyalarni tashkil qilish, aytaylik, klub va muxlislar o'rtasida aloqani yaxshilashga xizmat qiladi. Masalan, 2013 yil maxsum syujet ishladik. Unda futbolchi va murabbiylar muxlislarga Rojdestvoga qanday sovg'a tayyorlash haqida suhbatlashadi. Ko'p takliflar orasidan ularni alohida tabriklab chiqish ko'p ovoz oladi. Videoni saytga joylab, tizimga buni joylab qo'ydik. Asosiy yangilik shunda ediki, biror muxlis videoni ko'rishni boshlashi bilan tizim uni “tanib”, shu ondayoq o'sha muxlisning uy telefoniga qo'ng'iroq bo'ladi. Unda esa ishqiboz Filipp Kokuning bayram munosabati bilan yozilgan tabrigini eshitadi.

SHu yo'l bilan 60 ming muxlis tabriklandi. Bu akciyani Gollandiyaning etakchi gazetalari yoritishdi va biz OAVdan ham o'ziga yarasha olqishlar oldik.


Behzod NAZAROV tayyorladi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика