Oradan 16 yil o'tib...
03 sen 2019 10:29
Yangiliklar
Oradan 16 yil o'tib...
Ushbu g'alaba Qo'qonliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Sababi, “Qo'qon-1912” jamoasi kuchlilar safiga qaytganidan beri, aniqrog'i, 2015 yildan buyon “Ajdarlar”ni mag'lubiyatga uchrata olmayotgan edi. SHu davr mobaynida ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida 12 ta uchrashuv o'tkazishdi. O'yinlarning 8 tasida Qarshiliklar g'alaba qozonishgan. Uchta bahsda durang natija qayd etilgan. Bitta o'yinda esa qo'qonliklarning qo'li baland kelgan.
Aytgancha, chempionat bahslari doirasida qo'qonliklar “Nasaf”ni so'nggi bor 2003 yil 18 avgust sanasida Qo'qonda mag'lubiyatga uchratishgandi. Oradan 16 yil o'tib, uzoq kutilgan g'alaba qo'lga kiritildi. Ushbu vazifani Aziz To'xtaboev uddasidan chiqdi.
Bundan tashqari, "Qo'qon-1912" Liga kubogida ham “Nasaf”dan ustun kelishganini ham takidlash joiz.
Eslatib o'tamiz, milliy chempionat doirasida 2015 yildan buyon “Qo'qon-1912” jamoasi mag'lubiyatga uchrata olmayotgan ikkita klub qoldi – “Paxtakor” va “Lokomotiv”.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar