So’nggi yangiliklar

04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  4 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  6 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

O'quvchidan Ektor Kuperga eng yaxshi savol Yangiliklar

O'quvchidan Ektor Kuperga eng yaxshi savol

Hurmatli saytimiz o'quvchilari, oktyabr oyida championat.asia sayti O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan intervyu tashkil qilishni rejalashtirgan.

Saytimiz o'quvchilari orasida mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyga savol berishni istaydiganlar talaygina topiladi. Afsuski Kuper bilan intervyu vaqti chegaralangan. SHu munosabat bilan biz o'quvchilardan kelib tushgan eng yaxshi bitta savolni intervyu jarayonida albatta Kuperga beramiz.

Agar Sizda Ektor Kuperga qiziqarli savol bo'lsa marhamat soat 17:00ga qadar ushbu sahifa ostiga yozib qoldiring. Ular orasidan eng yaxshisini saytimiz xodimlari tanlab olishadi va intervyu vaqtida bosh murabbiyga o'sha savolni beramiz.  


Talablar:
1.Har bir o'quvchi bitta savol berishi kerak
2.Savollar 28 sentyabr soat 17:00ga qadar berilishi kerak
3.Savolda haqorat, irqchilik, millatchilik va hokazo bo'lmasligi shart.
4.Ushbu xabar tagidagi fikrlarga javob berish mumkin emas. Har bir insonning o'z shaxsiy fikri bor.
5.Maosh haqida savol berish tavsiya qilinmaydi. Sababi shartnomaga ko'ra Kuperning maoshi sir tutiladi.
6.Imkon qadar Ektor Kuper bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumani, intervyularda unga berilmagan savolni yo'llang.



Endi saytimiz o'z o'quvchilari bilan yanada yaqinroq bo'ladi hamda intervyu yoki matbuot anjumanlaridan oldin "o'quvchidan savol" rukni yo'lga qo'yiladi.

Ushbu rukn saytimizning istalgan ijtimoiy tarmoqlaridan birida bo'lishi mumkin. SHu sababli championat.asia'ning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini kuzatib borish tavsiya etiladi.


championat.asia saytining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: 


ODNOKLASSNIKI

TVITTER

INSTAGRAM

FEYSBUK

YUTUB

TELEGRAM

VKONTAKTE 


Saytimizni kuzatib borayotganingiz va biz bilan ekanligingizdan xursandmiz!

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика