So’nggi yangiliklar

15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  6 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  9

"Oq-tepa" bosh murabbiyi Aleksandr Ejov: "Birinchi rasmiy uchrashuv bo'lganligi bois futbolchilarda hayajon kuchli bo'ldi" Yangiliklar

"Oq-tepa" bosh murabbiyi Aleksandr Ejov: "Birinchi rasmiy uchrashuv bo'lganligi bois futbolchilarda hayajon kuchli bo'ldi"

Bugun O'zbekiston kubogining birinchi bosqich bahslariga start berildi.

Toshkentdagi "To'qimachi" stadioni bugun mamlakat kubogi birinchi bosqich doirasidan o'rin olgan "Oq-tepa" va "Zomin" uchrashuviga mezbonlik qildi. Bahs davomida to'pni nazorat qilish va havfli vaziyatlar yaratish bobida raqibidan ustun kelgan Toshkent klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bellashuvdan so'ng "Oqtepa" bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin haqida nima deyishim mumkin? Uch oylik tanaffusdan so'ng yana yashil maydonga qaytdik. Rasmiy uchrashuv bilan nazorat o'yini o'rtasida farq katta bo'ladi. SHogirdlarimga ajoyib o'yin uchun rahmat aytaman. Jamoamiz birinchi bo'limda qiynaldi. Boisi raqib chuqur himoyalandi va bizga bo'sh hududlar qoldirmadi. Umuman olganda etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Karantinda juda ko'p vaqtni yo'qotdik. Muhimi futbolchilar kubok bahsiga yaxshi tayyorgarlik ko'rishdi va qo'ldan kelgancha tiklanishdi. Mantiqan olib qaralsa jamoamiz jismoniy jihatdan yuz foiz tayyor emas. Ayrim o'yinchilar bugun charchab qolishdi. Menimcha, bugun tajriba va mahorat o'z so'zini aytdi. To'g'ri takidladingiz transferlar vaqtida nomdor va Superliga havosini ko'rgan futbolchilarni qo'shib oldik. Bu esa foyda keltirishi aniq. 

Ha, hisobni ochishga qiynaldik. Birinchi rasmiy uchrashuv bo'lgani uchun futbolchilarda hayajon va bosim bo'ldi. Vaqtliroq gol urishimiz mumin edi. Ko'p havfli vaziyatlar yaratdik. To'p darvoza ustuniga tegdi, darvoza yonidan o'tib ketdi. To'g'ri, bu bellashuvga qadar "Bunyodkor"ni o'rtoqlik uchrashuvida yutgandik. Unda havo harorati to'p tepishga qulayligi bois ortiqcha muammoga uchramagandik. Bugun esa havo juda issiq edi. "Zomin" jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi. Oxirgacha kurashishdi. Bizni so'ngi daqiqaga qadar bosimda ushlab turishdi. Raqib safidagi yosh futbolchilarda ishtiyoq kuchli ekan",- deydi Aleksandr Ejov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика