So’nggi yangiliklar

17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   0 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  2 16:18"Челси" ва "Ливерпуль" МЮнинг мақсадини илиб кетмоқчи  0 15:21"Арсенал" ва "Барселона" собиқ футболчиси Бразилия клубига ўтди  0 14:54Расман: МЮ Шешкони "Лейпциг"дан 76,5+8,5 млн еврога сотиб олди  3 14:14"Реал" Гонсало билан шартномани 2030 йилгача узайтирди. Ҳужумчи асосий жамоага ўтказилди  2 13:45"Манчестер Юнайтед" Шешко учун қанча тўлайди?  1 13:20Галлахер АПЛга қайтиши мумкин  0 12:52Перес Родрини "Реал"га сотиб олмоқчи ва шахсан ўзи музокара ўтказишга тайёр  3 12:22"Атлетико" италиялик футболчини харид қилади  0 11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  3 11:35Родри яна жароҳат олди  5 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   2 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0

O'qing, qiziq! Maksim Sarrafning onasi PFLdan minnatdorligini bildirdi Yangiliklar

O'qing, qiziq! Maksim Sarrafning onasi PFLdan minnatdorligini bildirdi

Qishki transferlar oynasi vaqtida “Andijon” jamoasi tarkibiga Suriya terma jamoasi darvozaboni va Rossiyaning CSKA klubi tarbiyalanuvchisi Maksim Sarraf kelib qo'shildi.

Suriya terma jamoasiga muntazam jalb etilayotgan darvozabon hamon Superligada debyut qilgani yo'q. Boisi Maksim Sarrafning XTS – xalqaro transfer sertifikati hozirgacha olinmagan edi.


XTS odatda futbolchining bir mamlakat klubidan boshqa bir davlat jamoasiga ko'chib o'tadigan payti FIFAning TMS (Transfer Matching System) onlayn platformasi orqali rasmiylashtiriladigan transfer hujjati sanaladi. Xalqaro transfer sertifikatini olish uchun dastlab yangi klub so'rov yuboradi. Keyin esa ushbu so'rovni eski klub va o'sha klub azo associaciya tasdiqlashi lozim bo'ladi. So'ngra yangi klub joylashgan associaciya yakuniy XTS rasmiylashtirilganini tasdiqlaydi.


Biroq Maksim Sarraf “Andijon”ga 12 fevralda kelib qo'shilgan bo'lsa-da, klub ushbu futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun FIFAning TMS platformasiga so'rovni 24 fevraldagina, O'zbekistonda transfer oynasi yopilishiga 1 soat qolgandagina yuboradi. Qoidaga ko'ra keyingi qadam sifatida mazkur so'rovni Rossiya futbol ittifoqi tasdiqlashi lozim edi. Lekin rus tomoni ushbu so'rovga transfer oynasi yopilib bo'lganidan keyin – 26 fevral kunigina tasdiq qo'yadi. Natijada TMS tizimida Maksim Sarrafning xalqaro transfer sertifikatini rasmiylashtirish oxiriga etmay qoladi. SHu sababli darvozabon mana 2 oydirki o'yin amaliyotisiz qolib kelayotgan edi.
Aslida TMS tizimini yuritish FIFA tomonidan azo associaciyalarga topshirilgan. Lekin futbolchining o'yin amaliyotisiz qolayotganini inobatga olib, O'zPFL FIFAga murojaat bilan chiqdi va Maksim Sarrafni istisno tariqasida ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berishni so'radi. Transfer uchun zarur hujjatlarning barchasi TMSga yuklangani, futbolchi uchun XTS rasmiylashtirishdagi ayb RFIning kechikishida ekani o'z tasdig'ini topgach, FIFA PFLning tashabbusini qo'llab-quvvatladi va Maksim Sarrafning xalqaro transfer sertifikatini yakunlashga ruxsat berdi.


Suriyalik darvozabon endi keyingi rasmiy uchrashuvdan boshlab “Andijon” safida maydonga tushishi mumkin.


PFLning mazkur tashabbusi ayniqsa, futbolchining onasi Irina Sarrafni quvontirdi. Irina Sarraf O'zbekistonga kelib, ushbu ishni oxiriga etkazgan PFL xodimlariga minnatdorchiligini izhor qilib ketdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика