So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  5 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

"Oq-tepa": Jamoamiz fidoyisi faoliyatini yakunladi Yangiliklar

"Oq-tepa": Jamoamiz fidoyisi faoliyatini yakunladi

Futbolchilik faoliyatining to'liq qismini “Oq-tepa” jamoasiga bag'ishlagan yarim himoyachi Zokir Mirzaahmedov butsasini mixga ildi.
Millionlar o'yiniga ilk qadamlarni “Paxtakor” futbol maktabida qo'ygan Mirzaahmedov 2000 yilda tashkil topgan jamoamizda 14 yil davomida to'p surdi. Klubni ikkinchi ligadan 1-liga yo'l olishidan tortib, barcha yaxshi-yomon kunlarida birga bo'ldi. Hech qachon jamoani qiyin vaziyatda tashlab ketmadi. SHuning uchun uni jamoa ichida hurmati beqiyos.

O'zining ajoyib o'yinlari orqali jamoadoshlari orasida “Ziko” nomini oldi va “Oq-tepa”da shu kunga qadar qaysi murabbiy ishlamasin u klubning asosiy o'yinchisi bo'lib keldi. Faoliyati davomida ko'p marta jamoa va jamoadoshlarini qiyin vaziyatlardan olib chiqib keta oldi. Yarim himoyachi chiroyli to'p uzatishlari-yu, kutilmagan qarorlari orqali raqiblarini shoshirib qo'yardi. Qiyin vaziyatlarda barcha og'irlikni elkasiga olishni uddalardi.

Aslida yarim himoyachi bemalol yana bir-ikki mavsum to'p sura olardi. Ammo o'zi butsasini mixga ilishni maqul deb topdi. Klub rahbariyati ham futbolchining qarorini hurmat qilgan holda Zokir Mirzaahmedovga omad tiladi!

MA'LUMOT UCHUN
ZOKIR MIRZAAHMEDOV
Tug'ilgan sanasi:
06.03.1984
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: yarim himoyachi
Bo'yi: 170 sm. Vazni: 63 kg.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика