

Ikki kun davomida hordiq chiqargan futbolchilarimiz 3 avgustdan tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Aytish kerak, Toshkentda davom etayotgan yig'inda yangi o'yinchilar ko'rikdan o'tmoqda. Xususan, “Bunyodkor-2”dan Tursun Rahimberdiev, Shahzod Anvarov, Davron Umirov kelib qo'shilgan bo'lsa, birinchi bosqichni “Zomin”da o'tkazgan Omad Toyloqov ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Jamoamiz bugun “NBU-Osiyo”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. 8 avgustda ham yana bir o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi rejalashtirilgan.


