"Oq-tepa": O'zbekiston Kubogi uchun kurashni davom ettiramiz
20 apr 2014 20:13
Yangiliklar
"Oq-tepa": O'zbekiston Kubogi uchun kurashni davom ettiramiz
Bugun O'zbekiston Kubogi bahslarining 1/16 final uchrashuvlari yakunlandi.
"Oq-tepa" ushbu bosqichda oliy liga vakili “Mashal”ni qabul qildi. Juda qiziqarli bellashuvda g'alaba biz tomonda bo'ldi. Ikkala jamoa azolarida ham darvozalarni ishg'ol qilish uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Xususan, vakillarimiz Nikita Pavlenko, Alisher SHog'ulomov, Maruf Ahmadjonov birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni ochishi mumkin edi, ammo yakunlovchi zarbalarni yo'llashda futbolchilarimizga sovuqqonlik etishmadi.
Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Jamoalar qo'shimcha 30 daqiqada orani ochiq qilishdi. Uchinchi bo'limning 8-daqiqasida qarshi hujumga o'tgan futbolchilarimiz hisobni ochishdi. Maruf Ahmadjonov chiroyli zarba bilan Botir Nosirov darvozasini ishg'ol qildi – 1:0. Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi. Vaholanki, bir vaziyatda Nodir Teshaboev bo'sh qolgan darvozani nishonga olib, o'yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega bo'lgandi, biroq himoyachi boshqacha qarorga keldi. Bu qaror raqibning foydasiga xizmat qildi.
Aytish kerak, uchrashuv biroz asabiy ko'rinish oldi. Natijada bosh hakam ko'plab o'yinchilarga sariq kartochka ko'rsatish bilan bir qatorda uch nafar futbolchini maydondan chetlatdi. Yana bir futbolchi bellashuvdan so'ng qizil kartochka oldi. Musobaqaning 1/8 finalida “Xotira-79” bilan uchrashamiz. PFL qaroriga ko'ra, o'yinlar 11-12 – 17-18 may kunlari bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuv Uychi shahrida o'tkaziladi.
O'zbekiston Kubogi. 1/16 final
“OQ-TEPA” – “MASH'AL” - 1:0 (0:0)
20 aprel. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni. 865 tomoshabin.
Bosh hakam: Dmitriy Pislegin (Toshkent).
Qanot hakamlari: Fayzullo Hasanov (Namangan), Rasul Fozilov (Namangan).
Zaxira hakami: Doniyor Dosanov (Toshkent).
Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent).
“Oq-tepa”: SHohruh Eshbo'taev, Doniyor Usmonov, Temur Turdiev, Nodirbek Teshaboev, Alisher SHog'ulomov, Nikita Pavlenko, Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, Zafarjon Qoraqulov, Maruf Ahmadjonov (Sergey Rekun, 105), Zokir Mirzaahmedov, Sergey Proxorov (Nikita Sviridov, 91).
“Mashal”: Botir Nosirov, Dilyaver Vaniev, Qahramon Bahodirov, Jahongir Abdumo'minov, Abbos Omonov (Andrey Derkach, 103), SHerzod Fayziev, Salamat Quttiboev, Zafar To'raev (Bahodir Murtazoev, 75), Abbos SHodmonov (Jamshid Hasanov, 68), Eldor SHomurodov, Mo'ydin Mamazulumov.
Gol: Maruf Ahmadjonov, 97 – 1:0.
Ogohlantirishlar: Eldor SHomurodov, 31. Zafarjon Qoraqulov, 36. Maruf Ahmadjonov, 55. Dilyaver Vaniev, 76. Jahongir Abdumo'minov, 77. Jamshid Hasanov, 95. Alisher SHog'ulomov, 98. Sergey Rekun, 110.
CHetlatishlar: Dilyaver Vaniev, 98. Alisher SHog'ulomov, 108. Qahramon Bahodirov, 110. Jahongir Abdumo'minov (uchrashuvdan so'ng).

Fikrlar