"Oq-tepa": O'yin qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi
25 mar 2014 16:55
Yangiliklar


"Oq-tepa": O'yin qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Bugun “Oq-tepa” jamoasi azolari O'FFning “Nazoratchilar va hakamlar” qo'mitasi tomonidan tashkil qilingan maxsus seminarda qatnashishdi.
“Oq-tepa” bazasida o'tkazilgan seminarni tajribali hakam Vladislav Ceytlin olib bordi. Futbolchi va murabbiylarga o'yin qoidalaridagi o'zgarishlar hamda uchrashuv davomida yuzaga keladigan holatlar video lavhalar orqali tushuntirildi. Savol-javoblarga aylanib ketgan seminar ancha foydali bo'ldi deyish mumkin. SHu tariqa yangi mavsum oldidan jamoamiz azolari o'yin qoidalaridagi o'zgarishlar bilan tanishib olishdi.

Fikrlar