So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  19 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  4 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  21 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

"Oq-tepa": "Metallurg" ham mag'lubiyatga uchratildi Yangiliklar

"Oq-tepa": "Metallurg" ham mag'lubiyatga uchratildi

Avval xabar berganimizdek, bugun jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
"Jar" o'yingohining asosiy maydonida bo'lib o'tgan bellashuvda raqib oliy liga vakili "Metallurg" bo'ldi. Bekabod jamoasi shu kuni o'zining asosiy tarkibi bilan harakat qildi. Hisob raqib tomonidan ochildi. 14-daqiqada himoyachilarimizning ehtiyotsizligi tufayli darvozamiz tomon penalti belgilandi. Nuqtaga yaqinlashgan Dilmurod Karimov hisobni ochdi.

Rustam Dadaboev zarba yo'nalishini topgan bo'lsa-da, to'pni qaytara olmadi. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas bosh hakam Valentin Kovalenko endi "Metallurg" darvozasi tomon penalti belgiladi. Sergey Rekun o'zining kuchli zarbasi bilan Zafar Safoevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bir daqiqa ichida urilgan ikki goldan keyin o'yin tempi birozga pasaydi, ammo jamoalar darvozalar oldida hujum tashkil qilishni to'xtatishmadi.
 
Birinchi bo'lim yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida hisob o'zgardi. O'ng qanotdan katta tezlik bilan hujumga o'tgan Sardor Soibov jarima maydoni ichida himoyachilar etiboridan chetda qolgan Abdulaziz Yusupovni to'p bilan taminladi. Hujumchi osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'limning aksar qismi ham vakillarimiz ustunligida o'tdi. Futbolchilarimiz gol urish uchun juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'lishdi, biroq vaziyatlar ko'kka sovurildi. 83-daqiqada tajribali Ildar Magdeev o'ng qanotda aniq zarbasi bilan "Metallurg" azolarini uchinchi marta maydon markaziga chorladi. SHu tariqa mavsumga tayyorgarlik davomidagi so'nggi nazorat uchrashuvini g'alaba bilan yakunladik.
 
Bugungi uchrashuvdan keyin futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Dushanba kuni tushdan keyin mashg'ulotlar davom ettiriladi.
 
Nazorat uchrashuvi
OQ-TEPA - METALLURG - 3:1 (2:1)
28 aprel. Toshkent. "Jar" stadioni.
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko.
"Oq-tepa": Rustam Dadaboev, Farhod Miraahmatov (Jo'rabek Sobirov, 87), Yaroslav Krushelnickiy, Temur Yafarov (Jaloliddin Saidov, 82), Eldor Ergashev (Muhammadali Fayzullaev, 80), Ildar Magdeev (Suhrob Sarimsoqov, 87), Sobir Usmonxo'jaev (Zafarjon Qoraqulov, 62), Sardor Soibov (Izzatilla Abdullaev, 70), Anvar Rahimov (Maruf Ahmadjonov, 84), Sergey Rekun (Temur Hakimov, 51), Abdulaziz Yusupov (Berumiy Abdunabiev, 66).
"Metallurg": Zafar Safoev, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Aleksandr Kovalyov, Doniyor Odilov, Sardor Rasulov, Alisher Ziyovuddinov, Murod Toshmatov, Said Abdujabborov, Mirg'iyos Sulaymonov, SHohnazar Norbekov.
Zaxiradan tushganlar: Suhrob Sultonov, Ruslan Vagapov, Davron Karimqulov, Ayubxon No'monov, Nizom Esonov.
Gollar: Dilmurod Karimov, 14-penaltidan - 0:1. Sergey Rekun, 15-penaltidan - 1:1. Abdulaziz Yusupov, 40 - 2:1. Ildar Magdeev, 83 - 3:1.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика