"Oq-tepa": Matbuot anjumaniga taklif qilamiz!
27 sen 2020 16:00
Yangiliklar


"Oq-tepa": Matbuot anjumaniga taklif qilamiz!
Xabaringiz bor, o'z oldiga doim yuqori maqsadlar qo'yadigan "Oq-tepa" bu yil ham jiddiy o'zgarishlarga qo'l urdi.
Xususan, ilgari yuz bermagan holat «Oq-tepa» tarkibida xorijlik futbolchilar to'p surmoqda. Samuel Opex va Mikanda Uilyam shular jumlasidan. Mavsum avvalida muxlislar va mutaxassislar nazariga tushgan futbolchi Ibrohim Tomiva Superliga jamoasi «Qizilqum»ga ijaraga berildi. Kuni kecha esa jamoada ispaniyalik mutaxassis Serxio Mariangeli ish boshladi.
28 sentyabr, dushanba kuni «Oq-tepa» futbol klubi bazasida jamoada to'p surayotgan Samuel Opex, Mikanda Uilyam va murabbiy Serxio Mariangeli ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 11:00 boshlanadigan tadbirga barcha OAV xodimlarini taklif qilamiz, - deb yozadi "Oq-tepa" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar