"Oq-tepa": Loktionov bilan ham xayrlashdik
04 fev 2014 13:43
Yangiliklar

"Oq-tepa": Loktionov bilan ham xayrlashdik
O'tgan mavsum avvalida jamoamizga kelib qo'shilgan himoyachi Aleksey Loktionov “Oq-tepa” bilan xayrlashdi.
Amaldagi shartnoma o'z vaqtida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida to'p surgan himoyachining xohishiga ko'ra, bekor qilindi. Aleksey o'tgan mavsum 25 uchrashuvda maydonga tushib, 890 daqiqa harakat qilgan, hakamlar tomonidan ikki marta ogohlantirgan. “Oq-tepa” klubi mamuriyati futbolchining keyingi faoliyatiga omad tilaydi!
Eslatib o'tamiz, bunga qadar jamoamiz Vadim Lyubinskiy, Vadim Nichunaev, Xislat Usmonov, Azamat Mamajonov, Valeriy Karpenko va SHohruz Norxonov bilan o'rtadagi shartnomani bekor qilgan va futbolchilar bilan xayrlashgan edi.

Fikrlar