"Oq-tepa". Ikkinchi uchrashuvda ham g'alaba
30 apr 2017 23:08
Yangiliklar
"Oq-tepa". Ikkinchi uchrashuvda ham g'alaba
"SHayxontohur" jamoasiga qarshi o'z maydonida rasman mehmon sifatida o'ynagan "Oq-tepa" raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. Aniqrog'i, bir golga mezbonlarning o'zlari mualliflik qilgan bo'lsa, yana bir golni Abdukarimov o'z hisobiga yozib qo'ydi. SHu tariqa Yaroslav Krushelnickiy boshchiligidagi jamoamiz ikkinchi uchrashuvda ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlagan holda g'alabaga erishdi.
"Oq-tepa" 3-tur uchrashuvini o'z maydonida "Vulqon"ga qarshi o'tkazadi. O'yin 3 may kuni soat 17:00da "Oq-tepa" maydonida start oladi.
TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI
SHAYXONTOHUR - OQ-TEPA - 0:2
28 aprel. Toshkent. "Oq-tepa" maydoni.
Bosh hakam: J.Abdurazzoqov.
"Oq-tepa": Rustam Dadaboev (Mixail Kaplan), Sergey Uvarov, Firdavs Kenjaev (Islom Ortiqov), Abdulaziz Ashrafxonov (Irisdavlat Hakimov), Abdulloh Zikrillaev (Zikrillo Omonov), Abduvohid Abdukarimov (Jahongir Ismoilov), Haitov (Temur Hakimov), SHahboz Tojiev, Olmos Fayziev, Islomjon Yo'ldoshev, Izzatilla To'lqinov.
Gollar: Abduvohid Abdukarimov.
"Oq-tepa" FK matbuot xizmati












O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar