So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  5 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  4 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  3 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

“Oq-tepa” ikkinchi bosqichni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“Oq-tepa” ikkinchi bosqichni g'alaba bilan boshladi

“Oq-tepa” O'zbekiston Birinchiligining ikkinchi bosqich o'yinlarini g'alaba bilan boshladi.

Tajribali murabbiy Usmon Toshev boshchiligidagi “Spartak” jamoasini qabul qilgan vakillarimiz ishonchli g'alabaga erishdi. Bellashuv jamoamizning to'liq ustunligida o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Futbolchilarimiz to'qson daqiqa davomida mehmonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldi. Xususan, iqtidorli yarim himoyachi Nikita Pavlenko to'rt marta “Spartak” posboni Ravshan Abdujabborov qarshisida yolg'iz qolib, barcha vaziyatni ham ko'kka sovurdi. Qolaversa, Pavlenkoning bosh bilan darvoza tomon yo'llagan ikki zarbasi ham o'ta xavfli chiqdi. So'nggi soniyalarda omad mehmonlarga kulib boqdi.

Bundan tashqari, birinchi bo'limning so'nggi uch daqiqasida dublga erishib, amalda o'yin taqdirini hal qilgan hujumchi Maruf Ahmadjonovda ham hisobni yanada yirikroq ko'rinishga keltirish uchun imkoniyatlar etarlicha bo'ldi. Ammo Ahmadjonov ikkitagina vaziyatni golga aylantirdi. 43-daqiqada hujumchi bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada mehmonlar suniy ofsaydni tashkil qilishda xatoga yo'l qo'yishdi. Natijada Andrey SHashkov o'ng qanotdan hujumni rivojlantirdi va to'pni jarima maydoni ichiga etkazib berdi. Bu erda himoyachilardan chaqqonroq harakat qilgan Ahmadjonov hisobni 2:0 ko'rinish olishini taminladi. Mazkur hisob o'yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

“OQ-TEPA” – “SPARTAK” – 2:0 (2:0)

12 avgust. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.

Bosh hakam: Murod Muhamedov (Toshkent viloyati).

Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov (Toshkent), Sunnatilla Karimov (Toshkent).

Zaxira hakami: Anatoliy Rubakov (Toshkent).

Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent).

“Oq-tepa”: Valeriy Karpenko, Alisher Alimov (Aleksey Loktionov, 84), Vadim Lyubinskiy, Doniyor Usmonov, Andrey SHashkov, Zokir Mirzaahmedov, Bobur Abdurahmonov, Vadim Nichunaev (SHohruh Pirnazarov, 89), Xushnud Mamatov (Azamat Mamajonov, 52), Nikita Pavlenko (Ilhom Rajabov, 76), Maruf Ahmadjonov (SHohruz Norxonov, 75).

“Spartak”: Ravshan Abdujabborov, Bahodir Ramazonov (Ravshan Aslanov, 79), SHuhrat Musaev, Komil Samiev (Doston Ubaydullaev, 73), Mirislom Hasanov, Suhrob Qobilov, Firdavs Asadov, Islom Isoqjonov, Umid Jumaev, Doston SHabonov (Sanjar Esonov, 68), Jahongir Saidov (Aziz Akramov, 54).

Gollar: Maruf Ahmadjonov, 43 – 1:0. Maruf Ahmadjonov, 45+1 – 2:0.

Ogohlantirishlar: Zokir Mirzaahmedov, 34. SHuhrat Musaev, 45+1. Bahodir Ramazonov, 50. Doston SHabonov, 64. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика