"Oq-tepa" himoyachisi Samandar Ochilov: "4ta gol murabbiylarning to'g'ri taktik ko'rsatmalari sababli urildi"
04 iyu 2020 13:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578817_original.jpg)
![](/upload/storage/578817_220.jpg)
"Oq-tepa" himoyachisi Samandar Ochilov: "4ta gol murabbiylarning to'g'ri taktik ko'rsatmalari sababli urildi"
"Oq-tepa" - "Zomin" uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa ximoyachisi Samandar Ochilovning o'yin haqida fikrlari bilan qiziqdik:
"Bu o'yinni uzoq kutdik. "Zomin" jamoasi ham birinchi uchrashuvda jiddiy qarshilik ko'rsatishi aniq edi. Jamoadoshlarim bilan mashg'ulotlarda ruhan va jismonan tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiy va jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
4 ta golga keladigan bo'lsak bu hammasi murabbiylarimizning to'g'ri taktik ko'rsatmalari sababli deb o'ylayman. Kelasi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonishga va jamoa bilan yuqori o'rinlar uchun kurashishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz",- dedi Samandar Ochilov.
Furqat Po'latov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar