"Oq-tepa". G'alabalar seriyasi davom etadi

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017, 11:40
Toshkent shahar chempionatida 13-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

O'z maydonida rasman mehmon sifatida "Nosta"ga qarshi maydonga chiqqan "Oq-tepa" hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo'ydi. Yaroslav Krushelnickiy shogirdlari raqib darvozasini to'rt bor ishg'ol qildi. Amalda mezbonlar mehmonlarning to'rt goliga bitta gol bilan javob qaytarishdi.

Jamoamiz 14-turda "Yoshlik"ni qabul qiladi. Mazkur o'yin 23-24 iyun kunlariga belgilangan.


TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI

NOSTA - OQ-TEPA - 1:4

21 iyun. Toshkent. "Oq-tepa" maydoni.

"Oq-tepa": Rustam Dadaboev, Firdavs Kenjaev, Sergey Uvarov, Islomjon Ortiqov (Jahongir Ismoilov), Olmos Fayziev, Islomjon Yo'ldoshev (Baxtiyor Haitov), Shohruh Gulmurodov, Izzatilla To'lqunov, Irisdavlat Hakimov, Ilhom Abdiev (Sarvar Shog'ulomov), Abdulaziz Ashrafxonov (Vladimir Gavrilov).

Gollar: Baxtiyor Haitov, Shohruh Gulmurodov, Ilhom Abdiev, Vladimir Gavrilov.


"Oq-tepa" FK matbuot xizmati






O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia