"Oq-tepa": Ertaga “Neftchi” bilan o'ynaymiz
28 apr 2015 18:00
Yangiliklar

"Oq-tepa": Ertaga “Neftchi” bilan o'ynaymiz
Bugun O'zbekiston Kubogining 1/16 final uchrashuvlari start oladi.
“Oq-tepa” Kubok bahslarining mazkur bosqichida oliy liga vakili, chempionatning 6-turidan keyin turnir jadvalida to'plar nisbatiga ko'ra, “Lokomotiv”dan keyin 3-o'rinni egallab turgan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bilan to'qnash keladi. Raqib oliy liganing so'nggi turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qilib, yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi va “Oq-tepa”ga qarshi o'yinga ko'tarinki ruhda etib kelmoqda.
Mazkur jamoalar bugungi kunga qadar rasmiy musobaqalarda biror marta uchrashmagan. Faqatgina o'tgan yili yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida “Oq-tepa” “Neftchi”ning yoshlar tarkibi bilan Toshkentda nazorat uchrashuvida maydonga tushgan. O'sha bellashuvda jamoamiz kichik hisobda (1:0) g'alaba nashidasini surgan.
Uchrashuv 16:30da “Oq-tepa” stadionida boshlanadi.
O'zbekiston Kubogi. 1/16 final
OQ-TEPA – NEFTCHI
29 aprel. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni. 16:30
Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Jasur Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent).

Fikrlar