"Oq-tepa": Derbida yana g'alaba qozondik
02 iyu 2015 07:30
Yangiliklar
"Oq-tepa": Derbida yana g'alaba qozondik
Poytaxt derbisida “NBU-Osiyo”ni qabul qilgan “Oq-tepa” kichik hisobda g'alaba qozondi. O'yindagi yagona gol birinchi bo'limda urildi. Temur Hakimov o'zi ishlagan penaltini aniq bajarib, jamoamizga muhim bo'lgan uch ochkoni taqdim qilgan gol muallifiga aylandi. Butun bellashuv davomida har ikkala jamoa ham ajoyib o'yin namoyish qilib berdi. Omad futbolchilarimizga kulib boqdi va peshqadamlikni saqlab qoldik.
O'ZBEKISTON BIRINCHILIGI – 2015
1-bosqich. 11-tur
OQ-TEPA – NBU-OSIYO – 1:0 (1:0)
1 iyun (dushanba). Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
Bosh hakam: Hasan Ro'ziev (Toshkent).
Qanot hakamlari: Artyom Kalinin (Qarshi), Aleksandr Sidorov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Dmitriy Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev (Toshkent).
“Oq-tepa”:
Islomjon Yoqubov, Zafarjon Qoraqulov, Farhod Miraahmatov, Anvar Rahimov,
Jo'rabek Sobirov, Izzatilla Abdullaev (Oybek Erkinov, 78), Sergey Rekun
(Maruf Ahmadjonov, 57), Temur Hakimov, Ildar Magdeev (Abdul Aziz
Yusupov, 90+2), Sobir Usmonxo'jaev, Jaloliddin Saidov.
“NBU-Osiyo”:
Iskandar Mo'minov, Abbos Po'latov, Mirshohid Olimov, Eldor Norboev, Leonid
Koshelev (Ahmadilla Nazarov, 79), Sarvar Safarov, Muzaffar Umrzoqov
(Davron Valijonov, 46), Eldor CHoriev, Aleksandr Lupashko (Ulug'bek Boqiev,
70), Idris Bikmaykin (Muhammadjon Sultonov, 46), Avaz Ismatov (Adham
Normuhamedov, 55).
Gol: Temur Hakimov, 38-penaltidan – 1:0.
Ogohlantirish: Anvar Rahimov, 83.
Fikrlar