"Oq-tepa" bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
14 jan 2016 14:55
Yangiliklar


"Oq-tepa" bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
Bugun jamoa bazasida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar haqida so'z bordi. Yani, 2015 yilgi mavsumda “Oq-tepa” jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat ko'rsatgan Ildar Sakaev bugundan istefoga chiqdi. Klub rahbariyati va murabbiy o'zaro kelishgan holda shunday qarorga kelindi.
Ayni vaqtda bo'shab qolgan o'rin o'rniga yangi nomzodlar bilan muzokara o'tkazilmoqda. Tez orada yangi mutaxassis “Oq-tepa” bosh murabbiyi sifatida faoliyatini boshlaydi.
“Oq-tepa” futbol klubi rahbariyati tajribali mutaxassis Sakaev Ildar Usmonovichning keyingi faoliyatiga omad tilagan holda, jamoa uchun qilgan mehnatlariga minnatdorchilik bildiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar