So’nggi yangiliklar

01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  0 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  1 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гўл ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  6 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  7 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  1 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   2 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  3 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  4 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  8 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  3 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  7 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  2 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  56 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2

“Oq bo'rilar” jamoasi 25 yoshda!!! Yangiliklar

“Oq bo'rilar” jamoasi 25 yoshda!!!

Teglar :  SHo'rtan
Har yilning 5 noyabr kuni “SHo'rtan” futbol klubi uchun o'ziga xos bayram hisoblanadi.

Aynan 1994 yilning ushbu sanasida “Oq bo'rilar” jamoasi G'uzor tumani hokimligida qonuniy ro'yxatdan o'tkazildi va Professional maqomga ega bo'ldi.

Futbol bu erda rasman ilk bor XX asrning 70-yillarida shakllanib ulgurdi. Aslida, bunga qadar ham tumanda futbol ancha yillardan buyon o'ynalib kelingandi. Mahalliy aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqib, 1975 yilda tuman markazida hozirgi “Markaziy” stadion hashar yo'li bilan qurib bitkazildi.

SHunday qilib, “Oq oltin” nomi bilan jamoa katta futboldagi ilk faoliyatini boshladi. G'uzor futbolining tamal toshini qo'ygan, ko'plab yoshlarga ustozlik qilgan marhum Eshmurod bobo CHorshanbiev millionlar o'yini bilan bog'liq barcha ishlarda bosh-qosh bo'ldi. G'uzor jamoasi 1986 yilgi mavsumdan etiboran sobiq Ittifoq chempionatining Respublika miqyosidagi musobaqasida o'z ishtirokini boshladi.

Yillar o'tishi bilan tuman futboli bosqichma-bosqich rivojlanib, ravnaq topib bordi. Sportga, shu jumladan futbolga oshno tutingan yosh istedodlar safi ortib bordi. Mustaqillik yillari esa bu boradagi  imkoniyatlar yanada kengaydi. Oliy va birinchi ligalar qatorida viloyat chempionatlariga ham etibor kuchaydi.  

O'sha yillari tumanda bir nechta jamoalar o'z faoliyatini boshlagan edi. Ular ichida eng kuchli va yaxshi shakllangan katta bir “Oq oltin” jamoasini G'uzor futbolining etakchilari ikkiga bo'lish rejasini ilgari surishdi. Jamoaning biriga “SHo'rtan”, ikkinchisiga “Yoshlik” deya nom berildi. Yoshlarga Eshmurod bobo, “SHo'rtan”ga esa tuman sportida katta iz qoldirgan Bahodir Ahmedov ustozlik qiladigan bo'lishdi. SHundan so'ng,  ikkala jamoa o'rtasida sog'lom raqobat yuzaga keldi.

1995 yilgi viloyat birinchiligi ikki guruhda tashkillashtirildi. Mavsum oxirida voha chempionligini aniqlash aynan shu ikkala jamoa chekiga tushdi. Tarkibida tajribali futbolchilari bor bo'lgan “SHo'rtan” o'z ustozlari Eshmurod CHorshanbiev yigitlarini juda keskin va murosasiz o'yinda mag'lub etishdi - 1:0.
1995 yilning oktyabr oyida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar chempionlari birinchi ligaga beriladigan uchta yo'llanma uchun CHirchiq, Farg'ona va Qarshi shaharlarida to'planishdi. Bo'lib o'tgan guruh uchrashuvlaridan so'ng, “Bo'kalik” (Toshkent viloyati), “To'qimachi” (Farg'ona) hamda “SHo'rtan” (G'uzor) jamoalari birinchi liga ishtirokchilariga aylanishdi.

G'uzorliklarning bunday muvaffaqiyatga erishishida eng avvalo viloyat hokimi, marhum Nuriddin Zaynievning tashabbusi, jamoa homiylari - “SHo'rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” (avvalgi “SHo'rtanneftgaz” MCHJ sobiq rahbarlari Olim Murodov va Ilhom Norchaev), “SHo'rtangazkimyo” majmuasi (avvalgi boshlig'i Alisher Sultonov)  yordami muhim ahamiyat kasb etdi.

Birinchi ligada jamoaning oyoqqa turishi, shart-sharoitlarni yaratish, o'z o'rni va mavqeini topishi uchun malum muddat vaqt kerak bo'ldi. Dastlab, “SHo'rtan” uy uchrashuvlarini 2001 yilgacha Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida o'tkazib keldi.
Yangi asr boshida G'uzorda ham professional darajadagi sharoitlar – zamonaviy stadion, barcha sharoitlar yaratilgan baza bunyod etilgandan keyingina “Oq bo'rilar” jamoasi 2001 yilning iyul oyida o'z shahriga ko'chib o'tdi.

Oradan qisqa vaqt o'tib, G'uzor futbolining ko'tarilish sari yurishi davom etdi. Bu zafarli yurish 2003 yilgi viloyat hokimi Kubogidagi “kumush” medal bilan boshlandi. Keyingi mavsum birinchi liga 22 ta jamoa o'rtasida ikki mintaqada start oldi. Jamoalar har bir mintaqada o'zaro to'rt bor bir-birlariga ro'baro' kelishdi. Uzoq davom etgan bahslardan so'ng, “G'arb”dan “To'palang” (Sariosiyo) va “SHo'rtan” (G'uzor), “SHarq”dan esa “NBU-Osiyo” (Toshkent) hamda “Cementchi” (Quvasoy) jamoalari muvaffaqiyat qozonishdi. 

Noyabr oyining o'rtalarida poytaxtda Oliy ligaga o'tish uchun ushbu to'rt jamoa o'rtasida o'tish turniri tashkillashtirildi. Dastavval, maydonga  “SHo'rtan” va “To'palang” jamoalari tushishdi. SHiddatli kechgan uchrashuvda g'uzorliklarning qo'li baland keldi - 2:1. G'uzorliklar “Cementchi”ga qarshi kechgan ikkinchi uchrashuvda ham g'alaba qozonishdi - 2:0.  Bu g'uzorliklarga muddatidan oldin Oliy liga yo'llanmasini taqdim etdi. So'nggi bahsni poytaxt “bankchilari”ga qarshi o'tkazgan marhum SHamil Tolibov  shogirdlari durang natijaga rozi bo'lishdi - 2:2.

Oliy ligada “Oq bo'rilar” jamoasi dadil qadam tashladi. Mamlakatimiz futbolining elitasida ilk muvaffaqiyatga g'uzorliklar 2008 yili erishishdi. Bahrom Hakimov boshchiligida yangi mavsum arafasida ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston futbol federaciyasi Kubogi qo'lga kiritildi.

2008 yil. Final. O'FF suniy maydoni.
“SHo'rtan” (G'uzor) - “Kimyogar” (CHirchiq) - 2:1.
Bosh hakam:
R.Saidov.
“SHo'rtan”: D.Toshmatov, I.Klikunov, R.Hakimov, D.Dosanov, K.Jo'raev, A.Yo'ldoshev (A.Tokov, 46, A.Vlasichev, 70), B.Omonov, B.Haydarov, S.Sayfiev, B.Vahobov, Z.Polvonov (I.Taran, 46).
Gollar: I.Taran (60), B.Haydarov (85-penaltidan).

Jamoa o'sha mavsumda ko'zlangan maqsadiga erishdi, ilk bor turnir jadvalining kuchli o'nligidan joy oldi.
Keyingi muvaffaqiyat ham o'zini ko'p kuttirmadi. 2010 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, “Oq bo'rilar” jamoasi turnir jadvalida faxrli to'rtinchi o'rinni egallash bilan bir qatorda, mamlakat Kubogi finaliga qadar etib bordi. Finalda munosib ishtirok etgan Edgar Gess shogirdalari “qaldirg'ochlar” jamoasiga kichik hisobda (0:1) imkoniyatni boy berishdi.

Navbatdagi mavsum “SHo'rtan” jamoasining tarixiga chin manoda zarhal harflar bilan yozildi. 2011 yili G'uzorga Xalqaro futbol musobaqasi kirib keldi. O'tgan yilgi CHempionat yakunlariga ko'ra, jamoaga Osiyo futbol Konfederaciyasi turnirida ishtirok etish huquqi berildi.
OFK Kubogi-2011 musobaqasining guruh bosqichida ikkinchi o'rinni egallagan E.Gess shogirdlari, 1/8 finaliga qadar etib borishdi.
Afsuski, shundan keyin jamoaning faoliyatida pasayishlar ham  kuzatildi.

2013 yilga kelib, muvaffaqiyatsizliklar girdorbiga tushib qolgan “SHo'rtan” Oliy liga bilan xayrlashdi. To'g'ri bir yil ichida jamoa yuqori elitaga qaytdi. Lekin 2017 yilgi mavsum natijalari ko'ngildagidek bo'lmadi.

Ayni paytda jamoa ikki mavsumdan buyon O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga va mamlakat Kubogi musobaqalarida qatnashib kelmoqda.

SHu kungacha esa jamoaning ko'rsatkichlari quyidagicha bo'ldi:
1996 yili 19 o'rin(Birinchi liga)
1997 yili 9 o'rin (Birinchi liga)
1998 yili 9 o'rin (Birinchi liga)
1999 yili 10 o'rin (Birinchi liga)
2000 yili 14 o'rin (Birinchi liga)
2001 yili 6 o'rin(Birinchi liga)
2002 yili 9 o'rin(Birinchi liga)
2003 yili 7 o'rin(Birinchi liga)
2004 yili 1 o'rin va Oliy liga yo'llanmasi
2005 yili 13 o'rin (Oliy liga)
2006 yili 12 o'rin (Oliy liga)
2007 yili 13 o'rin (Oliy liga)
2008 yili 10 o'rin (Oliy liga)
O'zbekiston PFL Kubogi sohibi
2009 yili 8 o'rin (Oliy liga)
2010 yili 4 o'rin (Oliy liga)
O'zbekiston Kubogi final o'yini.
2011 yili 7 o'rin (Oliy liga)
O'sha yili OFK Kubogi ishtirokchisi
2012 yili 8 o'rin (Oliy liga)
2013 yili 13 o'rin (Oliy liga)
Birinchi ligaga tushib ketdi.
2014 yili 1 o'rin (Birinchi liga)
Oliy liga yo'llanmasi qo'lga kiritildi.
2015 yili 11 o'rin (Oliy liga)
O'zbekiston PFL Kubogi sohibi
2016 yili 9 o'rin (Oliy liga)
2017 yili 14 o'rin (Oliy liga)
2018 yili 6 o'rin (PRO-Liga “A”)

SHu kungacha, “SHo'rtan” jamoasida quyidagi murabbiylar faoliyat ko'rsatib kelishdi:
1994-1995 yillar - Eshmurod CHorshanbiev;
1996-1997 yillar - Gennadiy Mixayluca, Mars Husniddinov;
1998-1999 yillar - Anvar Smetlaev, Gennadiy Mixayluca;
2000 yil - Bahodir Ahmedov, Viktor Aleshnikov;
2001- 2003 yillar - Viktor Aleshnikov, SHuhrat Akmirzaev;
2004-2005 yillar - SHamil Tolibov;
2006 yil - SHamil Tolibov, Vladimir Pavlenko, SHuhrat Akmirzaev, Rauf Inileev;
2007 yil - Zoir To'raqulov, Seid Seidov, Vladimir Pachko;
2008 yil - Tachmurod Agamurodov, Zoir To'raqulov;
2008-2009 yillar - Bahrom Hakimov, Viktor Pasulko;
2009 yil - Usmon Toshev;
2009-2011 yillar - Edgar Gess;
2012 yil - Tachmurod Agamurodov, Ixtiyor Karimov;
2013 yil - Igor Kriushenko; Edgar Gess;
2014-2015 yillar - Muxtor Qurbonov;
2016 yil - Zoir To'raqulov, Ixtiyor Karimov;
2017 yil - Aleksandr Volkov, Ixtiyor Karimov, Gennadiy Kochnev;
2018 yil - Asror Aliqulov (birinchi davra), Yorqin Nazarov (ikkinchi davra);
2019 yil - Sergey Kovshov.

Turli yillarda E.Tojiboev, S.Usmonxo'jaev, A.Ibragimov, D.Jatdoev, B.Vahobov, A.Kritinin, B.Haydarov, R.Hakimov, B.Omonov, I.Taran, A.Vlasichev, D.Dosanov, I.Klikunov, D.Toshmatov, K.Jo'raev, A.Tokov, B.Omonov, S.Sayfiev, Z.Polvonov, P.Agbo, L.Koshelev, A.Makosin, V.Ponamarev, J.Otaqulov, A.Korneychuk, I.Yuldashev, V.Afonin, A.Merzlyakov, YA.Krushelnickiy, A.Aliqulov, SH.Erkinov, aka-uka Zayniddin va Farhod Tojievlar, kabi mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda G.Megreladze (Gruziya), A.Gevorkyan (Turkmaniston), M.Alavidze (Gruziya), P.Vuyovich (Montenegro), U.Milasavlevich (Serbiya), S.Taina (Kot D Iuvar, Afrika), U.Ixoreome (Afrika), P.Agbo (Ukraina) kabi legionerlar “SHo'rtan” sharafini himoya qilishdi.

Bugungi bayram kunida biz “SHo'rtan” PFK MCHJ rahbariyati, ishchi-xodimlari, murabbiylari va futbolchilari nomidan ko'p ming sonli G'uzorlik muxlislarini, barcha barchani, “Oq bo'rilar” jamoasiga befarq bo'lmagan vatandoshlarimizni 25 yillik ayyom bilan tabriklaymiz. Hammaga sog'lik, salomatlik, xotirjamlik tilab qolamiz. Futbol hamisha insonlar qalbiga quvnoqlik, xushnudlik, bayram kayfiyatini olib kirsin!


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика