So’nggi yangiliklar

01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  1 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  0 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   9 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  12 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  2 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  6 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  390 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  50 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  1 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4

Oq bo'rilar - bu gal Akela yanglishmaydi! Yangiliklar

Oq bo'rilar - bu gal Akela yanglishmaydi!

Bizning terma jamoamiz Jahon CHempionatiga yo'l olayotgan har galda haqiqiy muxlislarning yuraklarida: bizning sevimli jamoamizni Mundialda ko'radigan on ham keladi, degan kichkina umid uchquni yonadi.

Bizning madhiyamiz har bir televizorda butun dunyoga mag'rur jaranglagani, bizning muxlislarimiz esa, qo'llarida bizning uch rangli jangovor bayroqlarimiz bilan Madhiyani birgalikda kuylaganlari, hamda O'zbekiston, O'zbekiston deb qichqirishlarini tasavvur qiladilar. Butun stadion bo'ylab to'lqin tarqaladi, qiyqiriqlar, barabanlarning tovushlari, muxlislarning bizning jamoani oldinga, olg'a, g'alaba sari deb ilhomlantirishlari!

Oq bo'rilar – bizning bizning qo'rqmas jangchilarimiz, bizning buyuk vatandoshimiz – qo'rqmas Amir Temur shaharlarni qamal qilib olib, hamma qurollar bilan hamla qilib, yangi va yangi davlatlarni zabt etgani kabi, maydonning har bir bo'lagi uchun kurashadilar, so'nggi kuchlarigacha jang qiladilar va raqib darvozasini qamal qiladilar. Ha, biz jamoamizning ochkolarni to'plashiga va G'alabaga erishishiga ishonamiz!

Mana 28 yildirki, bu orzu bizning bobolarimizdan otalarimizga, otadan o'g'ilga, g'alabani kutishning hech ham etishib bo'lmaydigan tugallanmaydigan zanjirini hosil qilib, o'tib kelmoqda. Vaqt o'tmoqda, odamlar keksaymoqda, kimdir bu G'alaba nashidasini sura olmaydi, kimdadir esa, hali bunday imkoniyat bor. G'alaba doimo shunday yaqinki! U doimo yonimizda. Oxirgi vaqtlarda unga shundaygina qo'l cho'zsa, bo'ldi, ammo doimo nimadir xalaqit beradi, doimo nimadir etishmaydi.

KUPER HAQIDA

Kuper janoblari – “SHarq – nozik masala”!

Argentinalik mutaxassis kelishi bilan ko'pchilik bizning jamoaning JCH ga chiqishiga umid bog'ladi. Ammo taqdir o'zgacha yo'l tutdi. Ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'ynagandan keyin Kuper guruhdan chiqish cho'ntagimizda deb o'yladi va Afrika Kubogining eksperti sifatida Afrikaga ketdi, undan keyin esa, biryo'la tatilga chiqdi. Bu bizga hozirgacha aniqemas, bu Kuperning strategik xatosimidi yoki uning masuliyatsizlik bilan qabul qilgan qarorimidi?

Kuper ketgan vaqtida bizning raqiblarimiz birinchi kvalifikaciya raundining boshlanishiga tayyorgarlikni kuchaytirdilar. Bizning raqiblarimiz o'rtoqlik uchrashuvlarini o'ynadilar, turnirlarda qatnashdilar, bizning jamoamizning o'yin taktikasini o'rgandilar, bizning har bir o'yinchimizning kuchli va zaif tomonlarini bilib oldilar. Va albatta, bunday puxta tayyorgarlikda Falastin terma jamoasi g'alaba qozondi.

Bizning terma jamoamiz Falastin bilan uchrashuvga jismonan ham, axloqan ham, taktik jihatdan ham tayyor emas edi. Birinchi kutilmagan golni kiritib yuborganidan keyin, so'ng ikkinchisini ham o'tkazib yuborganidan keyin, jamoa shunchaki demobilizaciyalandi va o'yinning natijasini o'zgartirishga kuchi ham, xohish-irodasi ham qolmadi.
Mana biz ana shunday sharmandali tarzda yutqazdik, terma jamoamiz solnomasiga shunday alamli mag'lubiyatni yozib qo'ydik. Biz bor-yo'g'i 5 million odam yashaydigan, harbiy to'qnashuvlar bo'layotgan mamlakatga – Falastinga yutqazib qo'ydik.

Ektor Kuper o'zbekistonliklarga eng qimmat, matbuotni yoqtirmaydigan va qaysar trener sifatida yodda qoladi. Odam sifatida u yomon odam emas, ammo mutaxassis sifatida bizga to'g'ri kelmadi. Faraz qiling, Siz do'konga kirdingiz va o'zingizning o'lchamingizdagi ko'ylakni topdingiz, ammo u fasoni va rangi bo'yicha sizga mos emas. Kuper bilan ham xuddi shunday bo'ldi, balki boshqa terma jamoada unda hammasi yaxshi bo'lishi mumkin. Ammo bu boshqa masala.

Adeus Kuper janoblari, Hammasi uchun rahmat!


VIVA ABRAMOV

Hozirgi kunda hammani Abramov terma jamoani inqirozdan olib chiqa oladimi va 2022 yilgi Jahon CHempionatining navbatdagi kvalifikaciya 2- bosqichiga chiqish uchun zarur ochkolarni to'play oladimi, degan savol o'ylantiryapti.

Ancha yillardan beri bizlarning ko'pchiligimiz bizning terma jamoamiz birinchi saralash bosqichidan qiyinchilik bilan o'tishini hatto o'ylab ham ko'rmaganmiz. Axir doimo halaqit bergan narsa kuchli jamoalar – bu kvalifikaciya 2-bosqichidagi Osiyo liderlari bo'lgan.

Sizda ham, Falastindagi mag'lubiyatdan so'ng, biz qolib ketishimiz va guruhdan chiqa olmasligimiz mumkin, degan hissiyot bormi?.

Bizning imkoniyatlarimiz haqida hatto taxmin ham qilmoqchi emasman. Kuperga jamoaning barqaror va ishonchli o'yin ko'rsata boshlashi uchun bir yil etarli bo'lmadi.

Abramovda jamoani yig'ish, asosiy tarkibni aniqlash, va eng muhimi, o'yinchilarga ishonchni singdirish uchun bor-yo'g'i 8 kun bor!

Abramov borligida bizning jamoamiz Osiyo Kubogida raqibni uning maydonida shiddat bilan pressinglab, qisqa paslarda o'ynab, Barselona kabi o'yin ko'rsatganini hammamiz eslaymiz.

O'shanda hech kim ishonmagan Abramov jamoani olib bordi va hammaga O'zbekiston terma jamoasida, Yaponiya, Avstraliya yoki Koreya terma jamoalaridagi kabi yulduzlari bo'lmasa-da, u bilan hisoblashishlari kerak bo'lgan kuchli jamoa ekanligini ko'rsatgandi. O'shanda biz g'alabani Avstraliyaga katta hisobda boy berib, 4-o'rinni olgan edik. Ammo shunga qaramasdan, ko'plab muxlislar hozirgacha o'sha terma jamoani, chiroyli o'yinni, Axmedovning turnir egalarining darvozasiga urgan supergolini va boshqa ko'plab narsalarni ko'ngillarida iliqlik bilan yodga oladilar. Ha, bir davrlar bo'lgan edi!

O'sha tarkibdan faqattgina Axmedov va Abramovlar qoldi va mazmun-mohiyatiga ko'ra jamoani noldan qayta tuzish kerak. Axmedov o'zining boy tajribasiga tayangan holda terma jamoamizni kapitan sifatida olg'a boshlashi kerak. Boshqa barcha o'yinchilarga namuna bo'la olishi kerak. Bu Axmedov uchun so'nggi imkoniyat, va u Qosimovning Mundialda o'ynashidak amalga oshmagan orzusi kabi etishib bo'lmas orzuga aylanmasligiga juda ham umid qilaman!

Oxirgi mag'lubiyatdan so'ng ko'pchilik o'zlarining sharhlarida Axmedovning yoshi kattaligi, ketishi kerakligi va h.k.lar haqida yozdilar. Axmedov hali o'zining oxirgi so'zini aytgani yo'q! U hali kuchga to'la va terma jamoamizni G'alabaga olib borish imkoniyatiga ega! Axmedovni chiqarib yuborish katta xato bo'ladi.

Abramov - Kapadze – Elich - Xaydarov - Ivankov –murabbiylar jamoasi – hozirgi kunda eng yaxshijamoa! Murabbiylik shtabining yakdil bo'lishi, hech kimning ko'rpani o'ziga ko'proq tortmasligi juda muhim, o'shanda biz eng yaxshi novator murabbiylik shtabiga, tajriba, jangovar xarakter, shijoat, xarizm, malaka va intilishlarning birikmasidan tashkil topgan shtabga ega bo'lamiz.


MASHG'ULOTLAR

Yaman va Singapur bilan bo'ladigan o'yinga sanoqli kunlar qoldi!
Kunlar, xuddi qum soatdagi qumlar oqayotganidek , juda tez uchib ketmoqda. Mana bir necha kundan beri Championat.asia butun otryad bo'lib mashg'ulotlarga boryapmiz. Abramov, murabbiy yordamchilari va o'yinchilarni kuzatyapmiz, hammaning harakat qilayapganligini, hech kim dangasalik qilmayotganini kuzatyapmiz. Hamma terma jamoamizdagi vaziyat qanchalik jiddiyligini tushunib turibdi. Xato qilishga haqqimiz yo'q!

Mashg'ulotlardan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston termasi qisqa paslarda va hujumkor futbolda o'ynaydi.

O'zbek Barselonasini sog'indingizmi?

Yakshanba kuni jamoa tarkibini, o'yin stilini, jamoaning o'zining kayfiyatini taxminan tushunib olish mumkin edi.
Ikkita: milliy va olimpiada terma jamoalari bir-birlari bilan o'rtoqlik uchrashuvida qilichlarini to'qnashtirdilar.Milliy jamoa olimpiya jamoasi ustidan 3-1 hisobda ishonch bilan g'alaba qozondi.
Olimpiya terma jamoasi ham o'zini munosib tutganligini takidlab o'tish lozim.
Ushbu matchdan keyin Abramov asosiy tarkibni qanday bo'lishini uzil-kesil hal qildi va bir nechta o'yinchin hisobdan chiqarib yubordi. Mashg'ulotlar boshqa narsa, o'zini o'yinda ko'rsatish boshqa narsa. Ikkita rasmiy o'yindan keyin esa Abramovda tayyorgarlik va o'yinchilarni tanlab olish uchun ko'proq vaqt bo'ladi.

Hozir ikkita o'yinda 2 ta g'alaba va kamida 6 ta oltin ochkolarni olishdek masalani echish kerak. Men adashmadim, endi har bir ochko biz uchun oltingateng bo'ladi. CHunki aynan shu galda guruhdan faqat 1-o'rinni olgan bitta jamoa va eng yaxshi natija bilan 2-o'rinni olgan 4 ta jamoa chiqadi.

Rostini aytaman, o'yindan bizning yigitlar biroz ehtiyotkorlik bilan o'ynayotgani, shijoatning yo'qligi, balki Falastin bilan bo'lgan o'yindagi mag'lubiyatdan asorat qolganligidan, ko'rinib turibdi. Eng yaxshi dori – bu oldindagi ikkita o'yinda g'alabaga erishishdir.Bu murabbiylik shtabi va yigitlarni birlashtiruvchi g'alaba bo'ladi. Bu nafaqat futbolchilarga, balki murabbiylarning o'ziga ham ishonch hosil qildiradigan g'alaba bo'ladi. Bu terma jamoamizning to'g'ri yo'nalishda harakatlanayottganini ko'rsatadigan signal bo'ladi.

Bir narsagina xotirjam qiladiki, Abramov Bunyodkorning murabbiyi bo'lgan holda har bir jamoani o'rgangan, o'yinlarga tayyorgarlik ko'rgan, jamoalarning kuchli va zaif tomonlarini o'rgangan va u endi bizning chempionatimizdagi juda ko'p o'yinchining kuchli va zaif tomonlarini biladi. Buni o'z vaqtida Kuper ham qilishi kerak edi.

O'zining taktikaviy sxemalarini miyasida aylantirib turib, Abramov o'yinchilarning imkoniyatlarini bilganligidan, kimni qaysi poziciyaga qo'yish kerakliginifikran biladi. Kimning qanday o'ynashini, uning sxemasiga kim to'g'ri kelishini, kim esa to'g'ri kelmasligini biladi. Faqat natijani rasmiy o'yinda ko'rishgina qoldi.

Har bir o'yinchini tavsiflab o'tirmaymiz, ularning barchasi azamat va ularning har biri terma jamoada bo'lishga intiladi, so'ngra u bilan birga Jahon chempionatiga borishni istaydi. Mening o'ylashimcha, bu har bir futbolchi va murabbiyning orzusidir.


BIR G'ALABA TARIXI

Kunlardan bir kuni qurbaqalar kim baland tog'ning cho'qqisiga birinchi bo'lib chiqa olishi bo'yicha o'zaro musobaqa o'ynamoqchi bo'lishibdi. Bu musobaqada ko'pgina qurbaqalar qatnashishini istashibdi. Butun o'rmondan unda istiqomat qiluvchilar, bu topshiriqni bajarish mumkin emasdek tuyulganligidan, qurbaqalarning qanday muvaffaqiyatsizlikka uchrashlarini ko'rmoqchi va ularning ustilaridan kulmoqchi bo'lib to'planishibdi.

Musobaqa boshlanibdi va qurbaqalar cho'qqiga qarab intila boshlabdilar. Va o'rmon mehmonlari tomonidan pichinglar, mazax qilishlar boshlanibdi:
- «Anavilarga qara, hozir hammalari qulab tushadilar!»

- «Axir bu mumkin emas, ular o'zlarini kim deb o'ylayaptilar!»

- «Siz hech qachon cho'qqiga chiqa olmaysiz!»

Qurbaqalar birin-ketin tog'dan qulab tusha boshlabdilar.

Hayvonlar baqirishni davom ettiribdilar:

- «Tog'ning qanday balandligini qaranglar, Sizlar esa shunchalik kichik va nimjonsizlarki!»

- «Bu juda ham qiyin-ku, sizlarning panjalaringiz juda ham kichik!»

- «Sizlar burgut emas, qurbaqasizlar-ku!».

Bunday kinoyalarni eshitgan qurbaqalarning ko'pi musobaqadan chiqib ketishibdi.

Yana biroz vaqt o'tibdi va barcha qurbaqalar yiqilibdilar va o'zlarining maqsadlaridan ortga chekinibdilar.

Faqatgina bitta qurbaqa cho'qqiga qarab intilaveribdi.
Mazaxlarga qaramasdan, “bu mumkin emas” degan hayqiriqlarga va yo'lning og'irligiga qaramasdan, u yana va yana yuqoriga ko'tarilaveribdi.
Va nihoyat, g'olib-qurbaqa tog' cho'qqisiga chiqqan va o'z maqsadiga erishgan on ham etib kelibdi.

Hamma hayron va hatto lol qolibdi: “Qanday qilib bu kichkinagina qurbaqa bundak katta va tik tog'ning cho'qqisiga chiqa oldi?”

U qaytib pastga tushganida musobaqa qatnashchilari va kuzatuvchilar undan so'rashibdi:

“Sen buni qanday uddalading? Sening qanday siring bor?”

U esa shunchaki kar edi! U “bu mumkin emas” degan gaplarni eshitmadi.

Mumkin emas – bu faqat dabdabali so'z!
Mumkin emas –bu dalil emas. Bu faqat kimningdir fikri!
Mumkin emas – bu hukm emas. Bu davat!
Mumkin emas –o'zini sinash imkoniyati!
Mumkin emas –bu doimga ham emas!
Mumkin emas –mumkin!


MUXLISLARGA

Biz hammamiz bizning jamoamizning g'alaba qozonishini va Jahon chempionatiga chiqishini istaymiz. Biz hammamiz ulardan kamchiliksiz o'yinni va g'alabani talab qilamiz.lekin hech qachon biz ular uchun nima qildik, deb o'ylab ko'rmaymiz?

Biz - 12-o'yinchimiz, biz bir jamoamiz, keling futbolchilardan oxirigacha kurashishni talab qilamiz, biz ham oxirigacha muxlislik qilamiz, stadionni shunday to'ldiraylikki, birorta bo'sh joy qolmasin, qo'llarimizga xot-dog va pistalarning o'rniga bayroqlar, sharflar va surnaylarni olamiz, o'zimizning g'alaba keltiruvchi ovozimizni, Madhiyaimizni aytish uchun olamiz, oxirigacha muxlislik qilib, 100 daqiqaning hammasida shunchalik kuchli qichqiramizki, raqiblarimizning oyoqlari qo'rquvdan titrab ketsin!
Biz shunday murakkab vaziyatda o'zimizning Terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashimiz shart. Biz terma jamoamizga ularga ishonishimizni ko'rsatishimiz, natijadan qati nazar, ular birga ekanligimizga ishontirishimiz kerak. Biz hammamiz birgalikda - Kuchmiz! O'zbekiston – olg'a!

P/s
Ikkinchi taym boshlanganida quyosh botgan va qorong'i tushgan bo'ladi, keling o'zlarimizning telefonlardagi fonarchalarni yoqamiz va bir necha marta to'lqin hosil qilamiz! Sttadionda fusunkor atmosfera paydo bo'ladi!


Alisher Xolmatov

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика