So’nggi yangiliklar

14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  1 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  7 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  4 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  1 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  0 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  3 09:23"Реал" энг ёмонлар орасида иккинчи бўлди  1 08:54"Олимпик" собиқ бош мураббийи "Бухоро"да иш бошлайди  3 08:25Хуршид Ғиёсов: “Кучли амбицияга эга клуб сафида тўп тепиш мен учун шараф”  5

O'mon O'zbekiston uchun qanday raqib? Yangiliklar

O'mon O'zbekiston uchun qanday raqib?

O'zbekiston terma jamoasi bugun "CAFA Nations Cup-2023" turnirida o'z yurishini boshlaydi.

Raqib nom jihatdan kuchsiz sanalgan O'mon. Oldin ham aytganman raqibni biz qog'ozda yutib bo'ldik. Lekin unutmaslik kerakki bu yurt vakillariga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvlarda anchagina ter to'kishimizga to'g'ri kelgan. Quyida shu haqida gap boradi. 


O'zaro o'yinlar 

Jamoalar shu kungacha turli darajadagi musobaqalarda jami 6 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Siz uchun qiziq tuyulishi mumkin, lekin bu o'yinlarda ustunlik O'mon tarafida, 4 g'alaba. "Oq bo'rilar" esa 2ta o'yinda g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan. To'plar nisbati 9-9. Bu jamoa bilan ilk uchrashuvimiz 21 asr boshiga to'g'ri keladi. O'shanda "Paxtakor" stadionida kechgan JCH-2002 saralash bosqichidan o'rin olgan bahsda O'zbekiston 5:0 hisobida g'alaba qozongan va bu g'alaba O'mon bilan o'yinlardagi eng yirik yutug'imiz ham shu bo'lgan.  Har qanday davrda O'mon O'zbekiston uchun jiddiy raqib sifatida gavdalangan. 

08.09.2001. O'zbekiston - O'mon 5:0

13.10.2001. O'mon - O'zbekiston 4:2

20.08.2008. O'mon - O'zbekiston 2:0

27.05.2014. O'zbekiston - O'mon 0:1

29.05.2014. O'zbekiston - O'mon 0:1

09.01.2019. O'zbekiston - O'mon 2:1

To'purarlar

O'monga qarshi uchrashuvlarda Mirjalol Qosimov va Jafar Irismetov 2tadan to'p kiritishgan. Maksim SHackix, Fevzi Davletov, Odil Ahmedov, Eldor SHomurodov hisobida 1tadan gol bor. Bitta gol avtogol sifatida qayd etilgan (Nabil Ashur). Bugungi uchrashuvdan so'ng to'purarlar ro'yxati yana kengayishi mumkin. 

Mirjalol Qosimov 2

Jafar Irismetov 2

Maksim SHackix 1

Fevzi Davletov 1

Odil Ahmedov 1

Eldor SHomurodov 1

O'mon haqida 

O'mon terma jamoasini xorvatiyalik tajribali murabbiy Branko Ivankovich boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis 2020 yilda "qizil-oqlar"ni qabul qilib oldi. Uslub tomonlama raqibimiz Ivankovich qo'l ostida barcha uchrashuvlarda 2ta hujumchi taktikasini qo'llamoqda. Al Subhi (7-raqam), Al Alavi (17-raqam) oldingi chiziqda juftlik hosil qiladi. Faqatgina yarim himoyadagi taktik joylashuvlar o'zgarmoqda. Gohida 4-4-2, goxida 4-3-2-1 taktikasida harakatlanyapti. Bugun ham ular garchi mezbonlarga qarshi o'ynasa ham 2ta hujumchi taktikasini o'zgartirishmasligi aniq. Jumboqli tomoni yarim himoyachilarning joylashuvi. Aynan shu jihat chalg'ituvchi holat bo'lishi mumkin.  O'mon to'p nazorati borasida o'yinda katta ustunlikka ega bo'ladi deyish qiyin. CHunki so'nggi 4ta o'yinda jamoa o'rtacha 38 foiz to'pga egalik qilgan. Zarbalar ko'rsatkichi har bir o'yinda  o'rtacha 10ta, shundan faqatgina 4tasi darvozaga aniq borgan. Deylik Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda 2 bor aniq zarba yo'llangan va bu o'yinda O'mon 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Katta ehtimol bilan bugun ochiq futbol ko'rmaymiz, degan taxmindaman. Lekin mezbon, muxlislar faktori O'zbekistonni oldinga o'tishiga, ko'proq vaziyatlar yaratishiga majbur qiladi. 

So'nggi uchrashuvlardagi natijalari

O'mon - Livan 2:0

Iroq - O'mon 3:2 

Baxrayn - O'mon 0:1

Saudiya Arabistoni - O'mon 1:2

O'mon - Yaman 3:2

 

Malumot uchun uchrashuv bugun "Bunyodkor" stadionida 20:30da start oladi

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика