So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

Ommaviy futbol. “FAIR PLAY CUP-2015” musobaqasida g'oliblar aniqlandi Yangiliklar

Ommaviy futbol. “FAIR PLAY CUP-2015” musobaqasida g'oliblar aniqlandi

Yurtimizda ommaviy futbolga bo'lgan etibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Mamlakatimizning turli burchaklarida futbol va mini-futbol maydonlari qurilmoqda.

Ayniqsa so'nggi yillarda mini-futbol maydonlari anchagina ko'paydi.

Ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida turli musobaqalar ham o'tkazib kelinmoqda. SHunday musobaqalardan biri kecha o'z yakuniga etdi. “FAIR PLAY CUP-2015” nomini olgan ushbu musobaqa O'zbekiston futzal associaciasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 5 sentyabr kuni start olgan musobaqada havaskor futbolchilardan iborat bo'lgan 32ta jamoa ishtirok etdi.

Turnirda ishtirok etgan barcha jamoalar: “Chamartin”, “Codepharm”, “Busby Babes”, “Liverpool”, “Juventus”, “Castilla”, “Tegen”, “Liniya Zashiti”, “All Brands”, “RM Blancos”, “Zangiota Zam Zam”, “USFL”, “Fratelli Casa”, “Sigraem v futbol”, “Potrebitel Beeline”, “Chelsea”, “Sparta”, “FC Praktik”, “Potrebitel.uz Trend”, “NEXT”, “Drivers.uz 1 Team”, “Drivers.uz 2 Team”, “FreeZone”, “De Facto”, “Allianz Arena”, “Great”, “Liverpool 2”, “Celebrities”, “Voditeli Tashkenta 1”, “Korzinka.uz”, “Top Mix”, “Voditeli Tashkenta 2”

Musobaqani 32 jamoa 8 guruhga bo'lingan holda boshladi, har bir guruhdan ikkitadan jamoa 1/8 finalga yo'l oldi. Nim chorak va chorak finaldan muvaffaqiyatli o'tgan jamoalar yarim finalda to'qnash kelishdi. 3 oktyabr kuni bo'lib o'tgan yarim finallarda “FreeZone” - “Busby Babes” va “Allianz Arena” – “Drivers.uz 2” juftliklari finalga chiqish uchun kurashishdi.

Guruh bosqichidagi natijalar bilan tanishing:


Nimchorak final natijalari


CHorak final natijalari:

Yarim final natijalari:



Dastlabki yarim finalda “FreeZone” jamoasi raqibi ustidan 2:1 hisobida ustun keldi. Ikkinchi yarim finalda tomoshabinlar 9ta golning guvohiga aylanishdi. Unda “Allianz Arena” yirik hisobda zafar quchdi – 6:3.

Kecha bo'lib o'tgan final o'yinida musobaqani bir guruhda boshlagan “FreeZone” va “Allianz Arena” jamoalari yana to'qnash kelishdi. Unda omad “Allianz Arena”ga kulib boqdi 2:0.
 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика