Omar Xrbin qishda Misrga ketadi
21 sen 2018 12:35
Yangiliklar
Omar Xrbin qishda Misrga ketadi
Suriya terma jamoasining eng yaxshi hujumchisi Omar Xrbin qishda "Al Hilol"ni tark etadi.
Arab saytlarining yozishicha, 2017 yil Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Xrbin ijara asosida Misr klubi "Piramids"ga o'tadi. Bunga sabab "Al Hilol"ga yangi hujumchi Bafetimbi Gomis kelib qo'shilgani.
Misrga boradigan Omar Xrbin "Piramids" bilan olti oylik shartnomaga imzo chekadi. "Al Hilol"ga yangi bosh murabbiy etib Jorje Jezus tayinlanganidan beri suriyalik hujumchi zaxirada qolib ketmoqda. Bu esa 24 yoshli futbolchiga yoqmayapti. SHu bois u Misrga ketishga rozi bo'ldi.
"Al Hilol" Bafetimbi Gomis uchun 14 million dollardan voz kechdi. Tabiiyki bunday summaga kelgan hujumchining asosiy tarkibda o'ynashiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar