So’nggi yangiliklar

20:24“Манчестер Сити” январда клубни тарк этиши мумкин  0 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  0 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  2 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  5 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  21 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  31 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  17 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  23

Omar Momani bilan intervyu Yangiliklar

Omar Momani bilan intervyu

Biz sevib va kulib tomosha qiladigan bir-biridan qiziq karikaturalar muallifi Omar Momani rus juralistiga intervyu berdi.

- Bunday muvaffaqiyatga qanday erishdingiz?

- Tinimsiz mehnat evaziga. Juda ko'p multfilm ko'rdim va har kuni chizishni mashq qildim.

- Mashhur futbolchi va murabbiylar sizning ishlaringizdan ranjiganmi?

- Yo'q. Ular buni tushunishadi. Hech qanday muammo yo'q.



- Sizning sevimli futbolchi va jamoangiz?

- Ayni damda Robben, ammo Bajo doimo. 1990 yildan beri "Milan" muxlisiman.



- Rossiyadagi muxlislaringiz nega "CHelsi"ni avtobus sifatida chizishingizni so'rashdi, axir bu jamoa Evropada eng ko'p gol uradigan klublardan biriku?

- Bu so'z Mourino tomonidan o'ylab topilgan. Karikaturalar ularning o'yin uslubini ko'rsatadi.



- Rus futbolini kuzatib borasizmi? Rossiya chempionatiga oid ishingizni topish juda qiyin.

- CHempionatni bilaman. Ammo ingliz saytida ishlashni boshlaganimdan so'ng, faqat ularning talabi bo'yicha Evropaning 4ta chempionatiga etiborimni qaratganman.

Ammo Rossiya mening ishlarimga qiziqish bildirsa, men rus futboli haqida karikatura chizib berishim mumkin.

- Rossiyada bo'lganmisiz?

- Onam Nalchikdan. Ammo o'zim mamlakatingizda bo'lmaganman.

- Rossiyaga kelish rejangizda bormi?

- Ha.

- Orzularingiz haqida so'zlab bering.

- Multfilmlar ustida ishlashni va jahon festivallarida ishtirok etishni orzu qilaman.

- Orzularingiz amalga oshishiga tilakdoshmiz. Iordaniya haqida nima deya olasiz? U erda futbol qanday?

- Ular Osiyo chempionatida biroz ko'tarilishdi. Iordaniya terma jamoasi jahon chempionatining so'nggi saralash bosqichida Urugvay bilan to'qnash keldi. Ammo baribir bu erda futbol professional darajada emas.

- Ko'pchilik APL va La Liga haqida so'rashadi. Ammo sizningcha qaysi mamlakat chempionati tomoshabop deb o'ylaysiz?

- Eng yaxshi chempionat La Liga. Ular Evropada katta yutuqlarga erishishyapti. Bundan tashqari, bu chempionatda kurash boshqalariga qaraganda uzoq davom etadi.



- Messi yoki Ronaldu?

- Messi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика