So’nggi yangiliklar

15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Машъал". Таркиблар маълум  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  2 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  20 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  20 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  5 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  8 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  3 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1

Omadsizliklar girdobida qolgan "Yuventus", mag'lubiyat nimaligini bilmayotgan "Milan" va boshqa o'yinlar: A Seriya 6-tur prevyusi Yangiliklar

Omadsizliklar girdobida qolgan "Yuventus", mag'lubiyat nimaligini bilmayotgan "Milan" va boshqa o'yinlar: A Seriya 6-tur prevyusi

Bugun Italiyada A Seriya o'yinlarining 6-turiga start beriladi.

"Speciya" - "Yuventus" 

Oxirgi bellashuvlardagi natijalardan kelib chiqsak, bo'lajak o'yin "Yuventus" uchun alohida ahamiyat kasb etishi aniq. Nihoyat Krishtianu Ronaldu safga qaytmoqda, Kezaning diskvalifikaciyasi ham ortda qoldi va asosiy tarkibga Kellini ham qaytishi kutilmoqda. Ronalduning qaytishi birinchi navbatda hujumda futbolchilarning joylashuvi o'zgarishini bildiradi. Portugaliyalik gollarga "och" holda turibdi, shu sabab "Speciya"ga oson bo'lmaydi. Qo'shimchasiga autsayderning tarkibida etarlicha yo'qotishlar mavjud. Bosh murabbiy o'yinga tarkib tanlashda ancha qiyinchilikka duch kelishi aniq. "Speciya" qo'rqmay futbol o'ynayotgani bilan ko'pchilikning etiborini tortdi, lekin bu maqomni saqlab qolish oson bo'lmaydi.

Bukmekerlar "Speciya"ga butkul ishonishmayapti va bu qanchalik achchiq bo'lmasin, haqiqatga yaqin fikr. "Yuventus" so'nggi vaqtlardagi omadsizliklar sabab o'ta yuqori ishtiyoq bilan o'yinga tushadi. Aytgancha, so'nggi bor ushbu jamoalar 2007 yil to'qnash kelgan va o'shanda "Speciya" 3:2 hisobida g'alaba qozongan, lekin hozir unday scenariyni tasavvur qilishning o'zi qiyin. "Yuventus" ochkolar jamg'arishi va jadvalda yuqorilashi zarur.


"Inter" - "Parma"

"SHaxter"ga qarshi ECHL guruh bosqichi doirasidagi omadsiz o'yindan keyin "Inter" A Seriyada muvaffaqiyat qozonishi juda muhim. Konte uchun asosiy hujumchi Lukakuning jarohat olishi bosh og'rig'i bo'lishi turgan gap. Katta ehtimol bilan oldinda Lautaroga bu safar Ivan Perishich sherik bo'ladi. Xabaringiz bo'lsa kerak, avvalroq chililik futbolchi Aleksis Sanches ham jarohat olib safdan chiqqandi. Ikki hujumchi ortida tajribali Eriksen harakat qiladi. "Inter"da yo'qotishlar ko'p, lekin bunga qaramay, Konte rotaciya ishlarini olib borishi mumkin. "Parma"da ham vaziyat havas qilgudek emas. To'g'ri, bazi futbolchilar safga qaytdi, lekin juda ko'p futbolchi hamon lazaretda.

Oxirgi o'zaro uchrashuvda "Inter" "Parma" ustidan safarda 2:1 hisobida g'alaba qozondi, lekin "neradzurri" uchun ushbu jamoa noqulay raqib hisoblanadi. Nima bo'lganda ham milanliklar favorit va jamoa buyog'iga muntazam ochko to'plab borishi zarur.  


"Torino" - "Lacio"

"Lacio"dagi vaziyatga qanday izoh berishni ham bilmay qoladi odam. Yo'qotishlardan ko'ra, "burgutlar" safida kim maydonga tusha olishini qayd etib o'tish osonroq bo'lib qoldi. Deyarli barcha etakchilar koronavirusga duchor bo'lishdi. Bu vaziyatda Indzagi kasal bo'lib qolmaganining o'zi bir omad. Asosiy umid Sergey Milinkovich-Savich va Anxel Korreadan. SHuningdek, Murikiga imkon berilsa kerak. "Torino"da ham yo'qotishlar yo'q emas. Biroq ular raqibnikidek jiddiy emas. Icco va Linetti hamda Zadza hali o'yinga tayyor bo'lishlari mumkin, Belottining maydonga tushishi esa deyarli aniq bo'lib ulgurdi. "Torino" hozircha Jampaolo nimani istayotganini to'liq tushunib ulgurmadi, shuning uchun ham o'z maydonidagi o'yinda ochko ishlab olish yanada muhim.

O'zaro to'qnashuvlarning oxirgisi "Lacio"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan, ammo o'shanda rimliklarning barcha etakchilari safda edi. Hozirgi vaziyat "Torino" ko'proq favorit nomiga davogardek. "Burgutlar" tarkib jihatidan chindan o'ta mushkul vaziyatda qolib ketgan. Bo'lajak bellashuvda har ikki jamoa o'z omadini hujumdan izlashini taxmin qilish mumkin. Sababi bor resurslar bilan himoyada ishonchli o'ynashning deyarli iloji yo'qdek.


"Napoli" - "Sassuolo"

Afsuski, Lorenco Insine jarohat oldi va nafaqat bu o'yinni, balki keyingilarini ham o'tkazib yuborsa kerak. "Sassuolo" tarkibida ham yo'qotishlar bor. De Cerbi bu uchrashuvda Tolyan va Xaraslin xizmatlaridan foydalana olmaydi, shuningdek Defrelning maydonga tushishi ham so'roq ostida. Bu o'yin shu bilan birga ikki hujumkor jamoalarning to'qnashuvi sifatida ham neytral muxlislar etiborini torta oladi. Bu o'rinda "Sassuolo"ni ko'rish biroz g'alatidek, ammo jamoa chindan bu mavsumni ajoyib boshladi va hozircha A Seriyada hammadan ko'p gol urdi.

Ushbu jamoalarning oxirgi to'qnashuvi Neapol shahrida bo'lgan va o'shanda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchgandi. Hozir ham Gattuzo shogirdlari bukmekerlarning fikriga ko'ra, yaqqol favorit va bu biroz g'alati. Ha, "Napoli" ancha kuchli, lekin shu o'rinda jamoa payshanba oqshomida Evropa Ligasi doirasida o'yin o'tkazganini unutmaslik ham kerak. "Sassuolo" hozirgi holatida ochkolarni aniq sovg'a qilmaydi. "Neroverdi" agressiv futbol namoyish qiladi va kurashsiz taslim bo'lmasligi turgan gap. Ushbu to'qnashuv tur bezagi bo'lsa ham ajab emas.


"Roma" - "Fiorentina"

Rimliklar kuni kecha Evropa Ligasi doirasida Sofiyaning CSKA jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdidar, o'yinda hisob ochilmadi. "Roma"dan Diavara va Santon maydonga tusholmaydi, biroq qolganlar jangga tayyor. SHu sababli Fonseka taktik jihatidan havotir olmasa ham bo'ladi. "Fiorentina"da esa Riberi jarohatidan tuzalib, safga qaytdi va bu juda yaxshi yangilik. Francuz "fialkalar" hujumiga keskinlik qo'shishi aniq. SHuningdek, iqtidorli markaziy himoyachi Martines ham debyut qilishi mumkin, ha aytgancha, u Italiya Kubogi doirasida ajoyib o'yin ko'rsatgandi.

O'zaro so'nggi uchrashuvda "Roma" 2:1 hisobda g'alaba qozongan. SHuning uchun bukmekerlar bu galgi bahsda ham rimliklarni favorit hisoblashmoqda. To'g'ri, jamoa Evropa Ligasida og'ir damlarni boshdan kechirdi, lekin "Fiorentina" ham Italiya Kubogida juda qiynaldi. Nima bo'lgan taqdirda ham, turnir jadvalidagi qo'shnilar ("Roma" 9-o'rin, "Fiorentina" 10-o'rin) yaxshi o'yin ko'rsatib berishi lozim. Har ikki jamoa ko'p gol urishga harakat qiladi, biroq ikkisi ham to'p o'tkazib yuborishi mumkin. SHunday ekan, ushbu bahs qiziqarli o'tishi aniq.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика