So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Omadsiz jentlmenlar Yangiliklar

Omadsiz jentlmenlar

Yoshligida maqtalgan va vaqtida grand klublarda to'p tepgan “omadsiz jentlmen”lar haqida so'z yuritamiz.

Besh karra Jahon CHempioni bo'lgan Braziliyada iqtidorli yoshlar, futbol afsungarlari ko'p chiqqani hech kimga sir emas. Ammo tanganing ikki tomoni bor deganlaridek, o'sha erda ham omadi chopmagan futbolchilar yo'q emas.

Denilson de Oliveyra (40 yosh, yarim himoyachi)


Qachondir dunyoning eng qimmat futbolchisi bo'lgan bu yigitni eslay olasizmi? Denilson “San-Paulu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va klubda 17 yoshida deyut qilgan. Afsuski, taqdiriga shu bitilgan shekilli, bir umr “Betis” kabi o'rtamiyona jamoada o'ynashga majbur bo'lgan. Qiziq, “Sevilya” ushbu futbolchini “Arsenal” va “Inter” jamoalariga berib qo'ymaslik uchun, o'yinchiga 23 million funt (32 million evro) to'lagan. Denilson 2002 yil jahon chempioni bo'lgan, biroq, klub va “selesao”ning chinakam etakichisi bo'la olmadi. Denilson mashhur aktrisa bilan turmush qurgan va hozirda ularning bitta qizi bor. Hozirda u Neymar bilan shou-matchlarda ishtirok etadi va doimo xursand bo'lib, kulib yuraveradi.

Keyrrison (29 yosh, hujumchi)
“Barselona”da nafaqat portugaliyalik Rikardu Kuarejma, balki braziliyalik Roshembak ham o'ynaganidan xabaringiz bor albatta. Biroq, Fabio Roshembak UEFA Kubogi finalida “Sporting” va “Midlsbro”ga qarshi o'ynagan va mag'lubiyatga uchragan.

Keyrrison esa na “Barselona”, na boshqa Evropa klublari bo'lmish “Benfika”, “Fiorentina” jamoalarida o'zini ko'rsata oldi. Forvard deyarli hech qaerda o'ynab keta olmadi, “yangi Pele” ham bo'lolmad. Vaholanki yoshligida u haqida aynan shunday deyishgandi. Agar ko'proq mashq qilib, o'z ustida tinimsiz ishlaganida, balki hozir “Barselona”da Messi bilan birga davrini surayotgan bo'larmidi?


Denilson Pereyra Neves (30 yosh, markaziy yarim himoyachi)
Yana bir Denilson... Braziliyaliklarga nima bo'lgan o'zi?! 12 yil avval “Arsenal”ga rad javobini berganida, xavbekning hozirgi hayoti boshqacharoq bo'larmidi? Lekin, o'zingiz o'ylang, 2006 yil “kanonirlar” CHempionlar Ligasi finaliga chiqishgan. Xo'sh, shuni bila turib, braziliyalik qanday qilib ularning taklifiga rozi bo'lmasdi?! Yarim himoyachi tez o'sdi, kuchli bir mavsum o'tkazdi. 

Ammo, yana bir Jilbertu Silva bo'lolmagani aniq. U jahon chempioni mukofotini ham, “Arsenal”da arzirli sovrinni ham qo'lga kiritmadi. Bir necha yil avval Birlashgan Arab Amirliklariga ko'chib o'tib, “Al-Vaxda” jamoasida o'ynadi. Keyinroq “Kruzeyro”ga ijara asosida yo'l oldi. Tinimsiz jarohatlar, stabil o'yin ko'rsata olmasligi tufayli yulduz bo'lib ulgurmagan Denilson faoliyatiga yakun yasash payti ham kelib qoldi...


Kerlon (30 yosh, hujumchi yarim himoyachi)
Maydonda yurib, boshida to'p o'ynatgan yigitni eslay olasizmi? Ana o'sha shunqor Kerlon bo'ladi. “Kruzeyro”da tarbiyalanuvchisi bo'lgan va aynan shu klubda debyut qilgan bu yigit, keyinchalik “Inter”ga o'tib ketdi. Lekin, italiyaliklar uchun bu bitimning birgina ijobiy tomono – futbolchi erkain agent sifatida qo'lga kiritilgani bo'ldi xolos... Undan so'ng, na “Milan”da, na Amsterdamning “Ayaks” klubida o'zini ko'rsata olmadi. Iqtidori bor edi, ammo uni to'g'ri rivojlantira olmadi. Keyinchalik, Yaponiya, AQSH va Slovakiyada o'ynadi. Ammo, qaerga bormasin, jarohat olaverib, hammani bezor qildi...    


Aleshandre Pato (28 yosh, hujumchi)
Pato faoliyatini yaxshi boshlagan va hattoki “Internasonal” klubi bilan Libertadores Kubogini ham yutishga muvaffaq bo'lgandi. Keyinchalik jamoasi bilan JCHda “Barselona” ustidan g'alaba qozongandi. SHundan so'ng, u “Milan”ga o'tgan, ammo u erda omadi chopmadi. “Rossenerlar” unga 22 million evroni bekorga to'lashgan, chog'i... To'g'ri, Aleshandre u erda bir necha mavsum to'p tepdi, ammo oldinga siljish kuzatilmadi. Pato 28 yosh bo'lishiga qaramay, “Milan”dan so'ng, 5 marotaba klubini o'zgartirdi. “CHelsi”da ham uzoq vaqt qolmadi. Hozir Hitoyning “Tyanczin Cyuanczyan” jamoasida to'p surmoqda.


Robino (34 yosh, hujumchi)
Bu yigitdan hammaning umidi katta edi: eng kamida “Real”da barqaror va muvaffaqiyatli o'ynashini kutishgandi. To'g'ri, natijada unchalik ham yomon hujumchi bo'lmadi, lekin Rivaldo yoki Ronaldo kabi afsonaviy futbolchi bo'lish nasib qilmadi. Hujum markazidan ko'ra, Ronaldino poziciyasiga yaqnroq o'ynovchi Neymar boshqa bir mashhur vatandoshi Pelening vorisi bo'la olmadi. “Manchester Siti”ga borgan va u erda shayxlar davrini boshlab bergan, biroq 7 yildan so'ng, Turkiyaning “Sivasspor” jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Robino faoliyati unchalik achinarli emas, hattoki, bir necha sovrinlar ham yutgan. O'z vaqtida futbolchi afsonaviy hamkasblari bilan to'p tepish baxtiga sazovor bo'ldi, ammo o'zi ularga ergashib, ulardan o'rnak olib o'sib keta olmadi. Faoliyatiga nazar tashlasak, unchalik yomon o'tmadi. Yutuqlar, gollar va sovrinlar, hammasidan bor. Ammo uning salohiyatini yodga olsak – yana bir omadsiz jentlmen.  


Adriano (36 yosh, markaziy hujumchi)
Kuni kecha tavallud ayyomini nishonlagan Adriano o'tgan yil oxirida futbolga qaytmoqchi bo'ldi. Lekin bunga juda kechligini o'zi ham biladi. U kuchli zarbaga ega bo'lgan, ammo o'z imkoniyatidan o'rinli foydalana olmagan. “Inter”da o'ynagan vaqtlarida ham xarakteri va tezligi bilan ajralib turgan. Biroq, keyinchalik ichkilikka berilib ketgan, buning ortidan esa 15 yilga qamalib ketishiga bir bahya qolgan. Lekin yaqin-yaqindan jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishni boshladi. Ko'ramiz, buyog'i nima bo'larkan?! U futbolga qaytgani bilan, baribir, afsonaviy o'yinchi bo'lish imkonini allaqachon yo'qotib bo'lgan.

Ha, ko'rib turganingizdek o'sha futbol afsungarlari yurtida ham “omadsiz jentlmen”lar uchrab turadi.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика