So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Omadjon Tayloqov: "Urganchda qiyin o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Omadjon Tayloqov: "Urganchda qiyin o'yin bo'ladi"

Teglar :  Omadjon Tayloqov
Dinamo - UzDongJu (1:0) uchrashuvida samarqandliklar safida o'yinning eng faol futbolchilaridan biri bo'lgan Omadjon Tayloqov Dinamoga muhim g'alabani keltiruvchi gol muallifi bo'ldi.

Bahsdan keyin yarimhimoyachi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Avvalambor, bugun yomg'irli havoga qaramay, stadionga kelib Dinamoni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimizga rahmat deb, minnatdorchilik bildiraman - deya gap boshladi Omadjon Tayloqov.

- Birinchi Liganing dastlabki ikki turida safarda ochko yo'qotganligimiz bois, uyimizdagi har ikki o'yin Norin va UzDongJu jamoalarini mag'lub etishimiz shart edi. Bu vazifani uddalaganimizdan xursandman. Har ikki o'yinda ham murabbiylarimiz ko'rsatmasini to'g'ri bajarishga intildik va g'alaba qozondik. Ilhom aka SHaripov imkonqadar hujumkor to'p surishimizni so'raydi va so'nggi ikkita o'yinda bu o'z samarasini berdi. To'g'ri, vaziyatlardan to'liq foydalana olmayotgandirmiz, ammo keyingi o'yinlarda bu kamchiliklarimiz ustida ham ishlaymiz.

- Yagona golingiz g'alaba keltirishini kutganmidingiz?

- Raqib jamoa himoyada yaxshi o'ynadi. Biz esa juda ko'p hujum qildik. Omadimiz kelib, vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yanada yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Golim g'alaba keltirganidan juda xursandman.

- Keyingi o'yinda Dinamo Urganchga safar qiladi. Xorazm jamoasi esa sizga begona emas…

- CHindan ham Urganchda qiyin o'yin bo'ladi. Xorazmda to'p surganman. Ushbu jamoaning tarkibi bir necha yillardan buyon deyarli o'zgarmagan. SHu bois, Xorazm futbolchilari bir-birlarini maydonda yaxshi tushunishadi. Orol jamoasi haqida ham shunday deyish mumkin. Umuman olganda, Xorazm va Orol maydonlarida hech kimga oson bo'lmaydi. O'ylaymanki, yaxshi tayyorgarlik ko'rib, safardagi ikki uchrashuvdan ham g'alaba bilan qayta olamiz.

Dinamo Matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика