So’nggi yangiliklar

07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  0 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4

Omadingni bersin, Muhammad Salah! Yangiliklar

Omadingni bersin, Muhammad Salah!

Teglar :  Muhammad Salah
Yana Muhammad Salah haqida

Agar kimdir mavsum boshida Muhammad Salah Evropa CHempionlar Ligasida “Liverpul” bilan yarim finaliga etib bora oladi deganda “mersisayd” jamoasining ishqibozlari ham ehtimol miyig'ida kulib qo'ygan bo'lardi. Ammo Salah nafaqat yarim finalga chiqishning uddasidan chiqdi… SHu erda gapni boshqa tarafga burib turamiz.

Jahon futbolida mana 10 yildirki, Ronaldu — Messi erasi davom etib kelmoqda. Ha, davom etmoqda. Ular hali to'xtashgani yo'q. Futbol bu ikkovlon tufayli o'zining ochilmagan qirralarini millionlar o'yini shaydolariga taqdim qildi. Futbol muxlislarini ikki qutb bo'lishga sabab bo'lganlar ham shu “o'zga sayyoraliklar”dir. So'nggi bor Ronaldu va Messini “Oltin to'p” marosimida ikki yonda turishga majbur qilgan so'nggi erlik Kaka edi. Oradan 10 yil o'tdi. Ammo erlik bir qancha muxlislar qachon yana bir erlik kelib, bu “qirollar”ning hukmronligiga yakun yasashini kutib keldi. SHu kunlar kelayotganga o'xshaydi. Bunday deyishga nafaqat uning natijalari, balki ko'rsatayotgan o'yini ham sabab bo'lyapti.

Kimdir Neymarning yangi davr futboli taxtiga chiqishini kutayotgan bir vaqtda Muhammad Salah o'z vatani terma jamoasini Jahon CHempionatiga olib chiqdi. APLga o'tib, bir paytlar o'sha qirol Ronaldu qayd etgan natijani bir mavsumning o'zida takrorlashga ulgurdi. Hali shu natijani yangilab, uning o'zidan boshqa odam yangilay olmaydigan qilib qo'ysa ham hayron bo'lmaymiz. Messi CHempionlar Ligasini televizorda ko'rib o'tirgan vaqtda “Roma” darvozasiga fantastik gol urib o'tiribdi. Kamiga “Oltin butsa”ni ham o'ziniki qilmoqchi, azamat. Bu degani Ronaldu va Messi xavotir olmang, men Muhammad Salah sizlarning o'rningiz aslo bilintirmaslikka harakat qilaman, deganga o'xshaydi. Futbol hech qachon o'z yulduzlarini qizg'onmaydi, faqat ularning porlashi uchun qanchadir muddat belgilaydi. Salah hozir porlayapti. Bir so'z bilan aytganda uning ketmoni uchyapti! Biroz oshirib yubordim-a. Ha, mayli! Salah bugun maqtovlarga yarashadigan o'yin ko'rsatdi.

Omadingni bersin, Muhammad Salah!

Muallif :
Reyting: +109   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика