So’nggi yangiliklar

20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  8 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7

Omadi chopmayotgan "Malorka" "Benito Vilyamarin" stadionida gol ura oladimi? Yangiliklar

Omadi chopmayotgan "Malorka" "Benito Vilyamarin" stadionida gol ura oladimi?

Bugun, 21 fevral, Ispaniya chempionati 25-tur dastlabki uchrashuvida "Betis" Sevilyadagi "Benito Vilyamarin" stadionida "Malorka"ni qabul qiladi.

O'zaro o'yinlar tarixi

"Betis" va "Malorka" to'qnashuvi tarixida 65 uchrashuv o'tkazilgan. Ularning 25 tasida "Betis" zafar quchgan bo'lsa, 29 marta "Malorka"ning qo'li baland kelgan, yana 11 o'yinda g'olib nomi aniqlanmagan.


"Betis"

"Betis" 24-turdan keyin 29 ochko bilan La Liga jadvalining 13-pog'onasini egallab turibdi va xavfli zonadan sakkiz ochkoga uzoqlashib olgan.

Hozirda mezbonlar barcha musobaqalarni inobatga olsak, 5 o'yinlik g'alabasiz seriyani qayd etishmoqda. Etiborlisi, ushbu bellashuvlarning 4tasi chempionat doirasida o'tkazilgan.

Sevilya jamoasi safarda "Eybar" bilan 1:1 va "Leganes" bilan 0:0 (o'tgan turda), hamda o'z uyida "Barselona"ga (2:3) va safarda "Xetafe"ga (0:1) mag'lub bo'ldi.

"Benito Vilyamarin" stadionida bu mavsum "Betis" 12 o'yin o'tkazdi va ularning yarmida zafar quchdi, ikki bor murosa ko'chasini tanlagan bo'lsa, yana to'rtta o'yinda imkoniyat boy berildi. To'plar nisbati — 22:17.


"Malorka"

"Malorka" hozirda bor yo'g'i 21 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda. 17-pog'onadagi "Selta" faqatgina qo'shimcha ko'rsatkichlar hisobiga teparoq joylashgan.

O'z maydonida o'tgan avvalgi tur bellashuvida jamoa "Alaves"ni (1:0) engdi. Aynan o'sha kuni jamoa 4 o'yinlik omadsiz seriyasiga barham berdi, ularning 3tasi Primera doirasida o'tgan.

Bu o'yinlarda safarda "Real Sosedad"ga imkoniyat boy berildi (0:3), keyin "Valyadolid" bilan o'z maydonida omadsizlik (0:1), yana bir bellashuvda klub xuddi shu hisobda safarda "Espanol"ga yutqazdi.

Safarda La Liganing bu mavsumida "qizil-qoralar" o'ta omadsiz o'ynashmoqda. 10 ta mag'lubiyat va atigi 1 ta durang. To'plar nisbati — 7:26.

Birinchi davradagi o'yinda "Betis" safarda "Malorka"ni enggan — 2:1.

O'yin oldidan qiziqarli faktlar

  • Jamoalarning avvalgi 3 ta o'yini faqatgina "Betis"ning g'alabasi bilan yakunlangan.
  • "Malorka" Primera doirasidagi oxirgi 3 o'yindan buyon safarda gol ura olmayapti.


Xo'sh, bu safar ushbu bellashuv ispan futboli muxlislariga nimalarni taqdim etadi?



Real Betis

Sergio Canales - 19', Nabil Fekir - 35', Joaquin - 48'

LaLiga . 25-tur

22/02/2020, 01:00

3
:
3
Tugadi

Mallorca

Juan Hernandez - 16', Ante Budimir - 27', Takefusa Kubo - 70'

Stadion: Estadio Benito Villamarin, 46372 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
19'  Sergio Canales
35'  Nabil Fekir
48'  Joaquin
48'  Sergio Canales
68'  Marc Bartra
73'  William Carvalho (Carles Alena)
78'  Joaquin (Cristian Tello)
87'  Andres Guardado (Raul Garcia)
90'  Carles Alena
16'  Juan Hernandez
27'  Ante Budimir
27'  Takefusa Kubo
31'  Leonardo Koutris (Fran Gamez)
58'  Fran Gamez
68'  Iddrisu Baba (Junior Lago)
70'  Takefusa Kubo
70'  Ante Budimir
82'  Alejandro Pozo (Aleksandar Sedlar)


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика