So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Oltin zaxira"ga aylangan Igor Sergeev Yangiliklar

"Oltin zaxira"ga aylangan Igor Sergeev

Toshkentda "Paxtakor" Osiyo CHempionlar ligasi doirasida Eron chempioni "Persepolis"ni mehmon qildi.

Beshinchi tur doirasidagi mazkur bahsda har ikkala jamoalarga g'alaba suv va havodek zarur edi. "Paxtakor" Qatarda yo'qotilgan ochkolar o'rnini qoplash va oxirgi tur oldidan guruhdan chiqish imkoniyatlarini yaxshilab olish uchun g'alabaga muhtoj edi. "Persepolis" esa o'z-o'zidan guruhdagi o'rnini, yani oxirgi pog'onadan teparoqqa sakrash uchun faqat g'alabaga kurashdi.

Mazkur bahs oldidan mezbonlar tarkibida qator yo'qotishlar yuzaga keldi. Diskvalifikaciya tufayli asosiy tarkib azosi, qanot vingeri Doston Hamdamov o'yinda ishtirok etolmadi. SHuningdek, uning o'rnida qanotda o'ynashi mumkin bo'lgan Jasur Yaxshiboevda esa jarohat vujudga keldi. Tayanch yarim himoyachi sadriddin Abdullaev esa ancha avval safdan chiqqandi. "Persepolis" safida ham yo'qotishlar yo'q emasdi. "Persepolis" futbolchisi Halilzoda ham Hamdamov singari diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

SHota Arveladze tarkibdagi yo'qotishlardan kelib chiqib, boshlang'ichda Hamdamov o'rniga Sidiqov, Abdullaev o'rnini esa doimgidek Sobirxo'jaev egalladi. Qolgan poziciyalar bo'yicha esa murabbiy o'zgarishga qo'l urmadi va jamoa odatdagidek 4-2-3-1 taktik sxemasiga asosan maydonga tushdi.

Branko Ivankovich esa jamoani 4-3-3 taktik sxemasida o'yinga tushirdi. Darvozada Alirizo Beyranvand. CHap qanot himoyasida Mehdi SHiri qo'yildi, markazda esa Muhammad Nadiri va Omid Alishax tandemiga ishonch bildirilgan bo'lsa, o'ng qanotda doimgidek Jalol Husseyni o'ynadi.

Markazda esa Ahmad Nurullahi-Kamyabinia-Soroush "trio"si harakat qildi. Hujum uchligida esa Muhsin Rabix va Siamak Nemati qanotlardan joy olishgan bo'lsa, Ali Alipur markaziy hujumchi sifatida bahsni boshladi.

Uchrashuvni boshqarib borish esa avstraliyalik Kristofer Bit boshchiligidagi hakamlar guruhi zimmasiga yuklandi. Qayd etish kerakki, ushbu referi bungacha ham "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinni boshqarishga ulgurgandi. O'shanda "Paxtakor" jamoasi Toshkentda "Al Hilol" bilan murosasiz kechgan o'yinda (2:2) durang qayd etgan.

O'yinni har ikkala jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Ayniqsa "Paxtakor" dastlabki daqiqalardanoq ko'r-ko'rona hujumga o'tishdan ko'ra ehtiyotkorlikni afzal bildi. "Persepolis" esa dastlabki 10 daqiqalikda hududiy ustunlikka egalik qildi. Ammo "Paxtakor" darvozasi oldida xavfli vaziyatlar sodir etilmadi. "Paxtakor" mudofaani mustahkam ushlab, birinchi 10 daqiqalikdan so'ng asta-sekinlik bilan oldinga o'tdi. Pozicion hujumlarga etibor qaratgan maydon egalarining ilk xavfli vaziyatni standart orqali amalga oshirishdi. Jaloliddin Masharipovning jarima zarbasidan tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Krimec bu vaziyatda to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishiga bir bahya qoldi.

Yana sal o'tib "Paxtakor"ning chap qanot orqali tashkil etgan hujumi stadionga yig'ilgan muxlislarni larzaga keltirdi. Sayfievning uzatmasidan so'ng Javohir Sidiqov to'pni darvozaga joylab qo'yishga intildi, ammo uning zarbasi yo'liga avvaliga himoyachi, keyin darvozabon tug'anoq bo'ldi. Mazkur xavfli vaziyatdan biroz o'tib Javohir Sidiqovga nisbatan qoida buzildi. Tizzasidan jarohat olgan Sidiqov o'yinni davom ettira olmadi.


Uning o'rniga esa bungacha "Paxtakor" safida atigi bir o'yinda zaxiradan maydonga tushgan Sobit Sindarov qo'yildi. Yosh futbolchi maydonda Sidiqov bajargan vazifa, yani qanot vingeri rolida paydo bo'ldi. SHundoq ham o'ng qanot vingerlari sanalgan Hamdamov, Yaxshiboevni yo'qotgan jamoa bu rolda o'ynagan Sidiqovdan ham ayrildi. Natijada to'rtinchi variant sifatida Sindarov bu rolga kirishdi.

SHundan so'ng o'yin asosan maydon markazida kechdi. Birinchi bo'lim so'nggida mehmonlar "Paxtakor" darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyat yaratishdi. Jarima zarbasidan so'ng Ali Alipur tomonidan berilgan kuchli va xavfli zarbani Quvvatov mahorat ko'rsatib bartaraf etdi. SHu tariqa jamoalar tablodagi 0:0 hisobi bilan tanaffusga yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'limda esa yanada jahldor va ishtiyoqi biland "Paxtakor"ni ko'rdik. Tashabbusni to'liq o'z qo'liga olgan jamoa o'zining uslubiga monand hujumlar sonini oshirdi va oldinga o'tdi.


Arveladzening zaxiradan unumli foydalangani o'yindagi hal qiluvchi vaziyatga aylandi


Raqib darvozasi oldida ketma-ket sodir etilgan xavfli vaziyatlar "Persepolis"ni biroz esankiratib qo'ydi. Lekin eronliklar mudofaada ishonchli va mustahkam o'yinni davom ettirishdi. O'yin tugashiga tobora oz fursat qolganida SHota Arveladze uchrashuvdagi ikkinchi o'zgarishga qo'l urdi. Yani, hujumni kuchaytirish maqsadida maydonga Igor Sergeev tushirildi. Aynan mazkur qaror o'yin taqdirini hal etishda muhim rol o'ynadi. Marat Bikmaevni almashtirgan Igor Sergeev Dragan CHerandan to'pni qabul qilib olgach, jarima maydonchasi ichida darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. To'p esa yo'l-yo'lakay himoyachini silab o'tib, darvozaning yuqori burchagi tarafdan joy oldi - 1:0.

Stadionni larzaga keltirgan Igor nomi butun stadion bo'ylab qayta-qayta takrorlandi va Sergeev haqli ravishda o'z olqishlarini qabul qildi.

O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Persepolis" himoyaga yotishdan naf yo'qligini butkul sezib, katta kuch bilan oldinga bordi. Ammo shu kuni himoyada mustahkam bo'lgan Azamov-Krimec tandemi ishonchli tarzda raqib hujumlarini qaytarishdi. Sanjar Quvvatov esa ikkita vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi. Qisqa qilib aytganda, "Paxtakor" himoyada ancha mustahkam turdi.

Uchrashuvga hakam tomonidan 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi. Bu vaqt ichida "Persepolis" "Paxtakor" darvozasi oldida xavf tug'dirishga erishdi. Ammo bundan naf chiqarishning imkoni bo'lmadi. Igor Sergeev esa qarshi hujum paytida yana bir yaxshi vaziyatga ega bo'lgandi. Ammo jarima maydonchasi ichida darvozabonni aldamoqchi bo'lgan Sergeevning yiqilishiga hakam ishonmadi va xavf bartaraf etildi. 

Yakunda "Paxtakor" Toshkentda "Persepolis" qarshiligini engdi va muhim g'alabani rasmiylashtirdi. Mazkur g'alabadan so'ng "Paxtakor" o'z guruhida 8 ochko to'plagan holda hozircha yakka peshqadamga aylandi. Guruhdagi ikkinchi o'yin sal keyinroq Qatarda "Al Sadd" va "Al Ahli" o'rtasida kechadi.

Pakhtakor Tashkent

Igor Sergeev - 86'

AFC Champions League Grp. D . 5-tur

06/05/2019, 18:00

0
:
1
Tugadi

Persepolis

45'
90'
25'  Javokhir Sidikov (Sobit Sindarov)
79'  Marat Bikmaev (Igor Sergeev)
86'  Igor Sergeev
89'  Sobit Sindarov (Akramjon Komilov)
63'  Omid Alishah (Mario Budimir)
70'  Soroush Rafiei (Mehdi Torabi)
89'  Siamak Nemati (Ali Mosleh)

OCHL-2019, 5-tur.
"Paxtakor" - "Persepolis" 1:0
6 may 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Kristofer Bit, Anton SHetinin, Eshli Bisham (Avstraliya), Mohd Amirul Izvan (Malayziya).
Nazoratchi: Noboru Ishiyama (Yaponiya).
Komissar: Munem Fahuri (Iordaniya).

Gol: Igor Sergeev 86, - 1:0.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Egor Krimec (s), SHerzod Azamov, Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Jaloliddin Masharipov, Dragan CHeran, Javohir Sidiqov (Sobit Sindarov, 25) (Akrom Komilov, 89), Marat Bikmaev (Igor Sergeev, 79).
Zaxira: Eldorbek Suyunov, SHohruh Mahmudhojiev, Vladimir Kozak, Marko Simich.

"Persepolis": Ali Rizo Beyranvand, Omid Alishoh (Mario Budimir, 63), Said Jalol Hussayni (s), Mehdi SHiri, Muhammad Nodiri, Surush Rafeyi (Mahdi To'robi, 70), Ahmad Nurollohi, Kamoliddin Kamyabinia, Muhsin Nodehi, Siamak Nemati, Ali Alipur
Zaxira: Bozidar Radoshevich, Bashar Resan, Mehdi SHarifi, Adam Hemati, Ali Taklimi

Ogohlantirish: Jaloliddin Masharipov 65.

O'yin statistikasi


Guruhdagi vaziyat


Mazkur o'yinda agarda "Al Sadd" g'alaba  qozonsa, unda guruhdagi oxirgi o'yinda "Paxtakor"ga durang natijasi ham keyingi bosqich masalasini hal etish uchun kifoya qiladi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика