So’nggi yangiliklar

08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  3 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  15 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  4 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1

“Oltin to'p”ni yana Ronalduga berib, ikki buyuk erasini yakunlasa ham bo'laveradi Yangiliklar

“Oltin to'p”ni yana Ronalduga berib, ikki buyuk erasini yakunlasa ham bo'laveradi

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Ronaldu yoki Messi? Tuzilishi mos kelmasa ham, uni ritorik savol sifatida qabul qiling va javob berishga oshiqmang - fikringizni subektiv deb qabul qilaman.

Qaysi futbolchi ustun degan savolga javob topishni istamaganman. Facebook sahifamni esa “Real” yoki “Barselona”, Messi yoki Ronaldu ko'rinishidagi savollar bosib ketgan. Agar siz futbol muxlisi bo'lsangiz, ulardan birini tanlab olish nima uchun kerak? Agar siz Krishti yoki Messining muxlisi bo'lsangiz (balki “Real” yoki “Barselona”ning), obektiv fikr bildira olishingizga menda ishonch kam.

Har ikki buyukning o'yinlarini sevib tomosha qilaman. Ispaniya klublariga muxlis bo'lmasam ham (menga Premer-Liga ko'proq yoqadi), “Real” va “Barselona”ni futbol gultojilari deb bilaman, birini biridan ustun qo'yolmayman.

SHunchaki, “Oltin to'p” ulardan zerikdi (ularning o'zi to'ymagan bo'lsa ham). Buning fonida Totti, Inesta, Xavi, Jerrard, Pirlo, Buffon, Ibrahimovich kabi daholar qolib ketaverishi juda adolatli emas, nazarimda.

Futbolda pentakampion degan tushuncha bor. Klublar har beshinchi chempionligidan so'ng, o'z logotipiga toj sifatida 1 ta yulduzcha qo'shib qo'yadi. Hozir “Oltin to'p”ga o'shanday yulduzcha juda zarur, chunki Messi va Ronalduni boshqachasiga to'xtatib bo'lmayapti.

Nega yana Ronaldu?

Katta ehtimol bilan “Oltin to'p” yana bir marta Ronalduga nasib qiladi. “Real”ning La Ligada zafar quchishi va ketma-ket ikki bor CHempionlar ligasida muvaffaqiyat qozongan yagona klubga aylanib olgani bunga yordam bersa, Kardiffdagi 90 daqiqa o'sha qaror noto'g'ri bo'lmaganini isbotlaydi.

Tan olaman, CHL finalda “Yuventus” yutishini istadim. Birinchidan, “Real” tarixni o'zgartirishini xohlamadim (CHempionlar Ligasi kimdir ketma-ket ikki marta yutolmagan musobaqa deb aytish chiroyliroq jaranglardi). Ikkinchidan, Buffon “Oltin to'p”ni olishini keragidan ko'p istab yubordim. Ammo finalda Ronaldu va sheriklari o'sha Buffon qo'riqlagan darvozaga 4 ta gol urdi. Menimcha, masala hal.

Evropada eng kuchli himoya kimga tegishli? Variantlar orasida “Bavariya”, “Atletiko”, “Yuventus” kabilar bo'lishi katta ehtimol. Ronaldu esa mana shu uch klub darvozasiga jami 10 ta gol urdi. Savollar?

Messi Argentinani JCHga olib chiqdi. Biroq bunda Ronalduni unutib bo'lmaydi. U 9 ta o'yinda Portugaliya uchun 15 ta gol urdi saralashda. Messi esa qahramonligini xuddi kinolardagidek bo'lishini taminlay oldi.

Tenglik

Agar Ronaldu “Oltin to'p”ni qo'lga kiritsa, bu borada Messi bilan tanglashib oladi - 5 ta. Messi o'tgan mavsum La Liga to'purari bo'lib (37 ta gol), “Oltin butsa”lar borasida Ronaldu bilan tenglashib oldi - 4 ta. CHempionlar ligasini yutishda Messi va Ronalduning natijalari teng - 4 tadan.

Futbolka yoki butsasining o'lchamiga qadar ham teng bo'lishi shart emas, menimcha. Ular teng kuchli futbolchilar. Futbolni har kim turli tomondan ko'radi va turlicha talqin qiladi. SHundan kelib chiqib, bu ikki futbolchidan biriga simpatiya paydo bo'lishi normal holat. Ammo birini ko'kka ko'tarib, ikkinchisini erga uradigan faktlar topishga urinish oxiri ko'rinmaydigan yo'lga boshlashdan boshqasiga yaramaydi.

Ularni solishtirish hali uzoq davom etishini tushunaman. Hozir esa katta natijalarda tenglik yuzaga kelishga yaqin (agar ulardan biri jahon chempioni bo'lib qolmasa). Biz avvalgi yulduzlarning shaxsiy ko'rsatkichlaridan ko'prog'iga erishayotgan ikki futbolchi bilan zamondosh bo'lib turibmiz. Futbolga shu ko'z bilan qarash, uni yanada chiroyliroq qiladi. Qolgani fanatizm va hokazo.

Men kelasi mavsumdan boshlab Messi va Ronaldudan boshqa futbolchilar “Oltin to'p” uchun kurashadigan futbol ko'rmoqchiman. Siz-chi?

P.S. “Oltin to'p”ni asosan kuchli beshlikda to'p suradiganlar olishi balki yomon emasdir. Ammo mavsumning qoq o'rtasida topshirilishi yomon. CHunki futbolchilar futbolni yangi yildan boshlamaydi, yangi mavsumdan boshlamaydi. Bu esa “Oltin to'p” chalkashligini keltirib chiqaradi. 

Muallif :
Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика