So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  15 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

"Oltin to'p"ni kim olishi kerak? Yangiliklar

"Oltin to'p"ni kim olishi kerak?

Hali "Oltin to'p" yo'lining yarimidamiz, ammo futbol yulduzlari bu sovrin uchun o'zlarining nomzodlarini aytib bo'lishdi.

O'tgan mavsumda "Real" bilan ECHLni yutgan va termasi tarkibida Jahon chempionati finalchisiga aylangan Luka Modrich bu sovringa ega chiqqandi.

Ammo hozirda ushbu sovrin uchun "batl"da muxlislar ikki futbolchining nomzodini qo'llab-quvvatlamoqda - Messi va van Deyk.

Kimdir Messining ko'plab gollari jamoaga LaLiga chempionligini keltirganini aytsa, boshqalar van Deykning o'yinlarini va "Liverpul"ning ECHLdagi g'alabasiga asosiy hissasini qo'shganini gapiradi.

Dunyoning 6 nafar eng kuchli futbolchilari esa "Oltin to'p"-2019 uchun o'z nomzodini keltirishdi:

6. KILIAN MBAPPE - Leo Messini tanladi

PSJ yulduzi Kilian Mbappe 2019 yilgi "Oltin to'p" uchun yaqqol davogar emas. Ammo u o'tgan oyda ECHLdan sharmandalarcha chiqib ketgan "Barselona"ning etakchisi Leo Messini bu sovringa munosib ko'rmoqda.

Umuman olganda Messi mavsum davomida o'z o'yinlari bilan ko'pchilikning ko'zini quvontirdi deya olamiz. 36 goli bilan u Pichichi sovrini hamda Evropaning "Oltin butsa"sini qo'lga kiritgan. Ammo Mbappe natija borasida Messidan qolishadigan darajada emas: Liga 1'da 33 gol.

"Liverpul" bilan javob bahsigacha "Barselona" uchun mavsum yaxshi kechayotgandi. 31 yoshli Messi esa barcha turnirlarda 51 gol kiritdi.

Mbappe "Oltin to'p"ga yaqqol davogarlik borasidagi savolga "UNFP" nashriga: "Messi, bunga "Barselona"ning ECHLdan chiqib ketgani hech qanday tasir qilmaydi.

U eng zo'ri. U ushbu mavsumda eng zo'ri ekanligini ko'rsata oldi. Yil faqatgina dekabrdan tashkil topmagan. U dekabrga qadar ham ajoyib o'yin ko'rsata oladi", - dedi Mbappe.

5. KAKA - Virjil van Deykni tanladi

2007 yilgi "Oltin to'p" sohibi bu yili ham Leo Messi yoki Krishtianu Ronaldu bu sovringa ega chiqishini kutmoqda. Ammo braziliyalik bu mavsum "Oltin to'p" uchun Virjil van Deykning nomzodini ilgari surmoqda.

Van Deyk bu mavsumda qanday o'yin ko'rsatib, "qizillar"ning o'yiniga qanday tasir o'tkazganini yaxshi bilasiz. U jamoadagi ilk kunlaridanoq "Enfild"ning mexrini qozonib bo'ldi.

Madriddagi ECHL finalida g'alaba qozonilganidan keyin gollandiyalik Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

"Oltin to'p" uchun kurashda favorit borasidagi savolga shu tarzda javob berdi: "Kelajakda yana nimalar bo'lishi mumkinligiga etibor berish kerak. "Oltin to'p"ni van Deykka bergan bo'larmidim? Bir necha do'stlarim bilan bu borada gaplashib ko'rdim, akam esa aynan uning nomzodini ilgari surmoqda.

U APL va ECHLda ajoyib mavsum o'tkazdi. Bu borada hakamlarning fikri eng asosiysi, menimcha ular bu sovrinni himoyachiga bermasa kerak", - dedi Kaka.

4.  SERXIO AGUERO - Leo Messini tanladi

Bir vaqtlar Serxio Aguero ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritgan jamoaning etakchisi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi degandi. Endi u bir bora o'z gaplari borasida o'ylab olishi kerak.

O'sha paytda "Barselona" sovrin uchun asosiy favorit sifatida ko'rilgandi. Mag'lubiyatdan keyin barcha uning terma jamoadoshi Messini tanqid qildi.

APL chempioni o'z tvitterida shunday yozgandi: "Men o'z so'zlarimni boshqaralarga tushuntirishda rohatlanmayman, ammo men aytmagan ishlar bo'lishi shart".

"Men uchun Messi doimo "Oltin to'p" uchun asosiy nomzod bo'lib kelgan va u futbol o'ynashda davom etsa, shunday bo'lib qoladi.

Dunyoning eng yaxshi hujumchisi sovrinini har yili yutishni istayman. Ammo "Oltin to'p"ni yutish uchun ECHL finaliga chiqish kerak. SHu boisdan men sovrinni qo'lga kirita olmayman. Bu sovrin faqatgina ECHLni yutganlar uchun", - dedi Aguero.

3. SESK FABREGAS - Leo Messini tanladi

"Monako" futbolchisi Sesk Fabregas esa La Masiya tarbiyalanuvchisi Leo Messini 2019 yilgi "Oltin to'p"ga munosib ko'rmoqda. Biroq yil oxirida shohsupaga "Liverpul" futbolchisi chiqishini kutmoqda.

Messi o'zining individual mahorati bilan mavsumni o'tkazganida "Liverpul" o'zining jamoaviyligi bilan barchaning mehrini qozondi. ECHLda yutgan "Liverpul" APLda "Siti"dan 1 ochkogagina ortda qoldi.

"Oltin to'p" uchun favorit borasida Fabregas shunday dedi: "Bu juda qiyin. Odatda bu sovringa ECHLda g'alabaga erishgan futbolchilar ega chiqishadi. Biroq 2010 yilda faqatgina Ligani yutgan Messi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgandi.

Agarda bu dunyoning eng yaxshisiga berilishi kerak bo'lsa, Messi bunga loyiq. Ammo "Liverpul" fantastik mavsumni o'tkazdi. SHu boisdan ulardan bir o'yinchi bu sovrinni qo'lga kiritishi adolatliroq bo'lardi", - dedi Fabregas.

2. VIRJIL VAN DEYK - Leo Messini tanladi

Virjil van Deyk deganingizda "Oltin to'p" uchun asosiy nomzodlardan birini ko'z oldingizga keltirasiz. U bu sovrin uchun o'zining asosiy raqobatchisini yuqori o'ringa qo'ydi.

"Liverpul" ECHL yarim finalida "Barselona"ni mag'lub etib, finalga yo'llanma oldi. Finalda esa "Vanda" stadionida "Tottenxem" mag'lub etildi.

U "Oltin to'p"ni Leo Messi olishini matbuotda ham aytib o'tdi: "Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb o'ylayman. U "Oltin to'p"ni olishi kerak.

O'zim? Yo'q, men bunday deb o'ylamayman. Albatta, bu sovrinni berishsa, olaman. Ammo Messi sovrin uchun asosiy davogar. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi", - dedi van Deyk.

1. KRISHTIANU RONALDU o'zini tanladi

"Yuventus"ning timsoli Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasidagi so'nggi o'yinlarigacha "Oltin to'p" uchun ikki nafar nomzodni favorit sifatida hisoblayotgandik.

Portugaliyalik forvard ham termada ham klubida ajoyib mavsumni o'tkazdi. U "keksa sinora"larni Italiyada ketma-ket sakkizinchi marta chempion bo'lishiga yordam berdi va shu orqali A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

"Oltin to'p" borasidagi o'zining imkoniyatlari haqida shunday dedi: "Men uchta sovrinni qo'lga kiritdim. 34 yosh bo'lsam ham o'zimni bardam his qilyapman. Faoliyatimni yakunlash? Hali men yomon o'ynay boshlaganim yo'q va yaqin yillarda bunday bo'lmaydi.

16 yildagi raqamlar haqiqatni so'zlaydi. Balki, ko'pchilik eplay olmaydigan ishlarni bajargandirman. "Oltin to'p"ni olamanmi? Bilmadim. Ammo men kabi futbolchini ko'rib, bu dunyoni tark etishim aniq. Odam qilgan ishni odam takrorlay oladi. O'zimga yuqori baho bermayman", - dedi Ronaldu.

Ammo, instagramdagi ushbu posti orqali u "Oltin to'p" uchun asosiy favorit ekanligini ko'rsatayotgandek imo qildi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика