So’nggi yangiliklar

09:48«Барселона» «Байер» етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 09:40Рубен Аморим кечаги йирик ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:14Ҳусановнинг агенти «Барселона»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  9 08:50«Ал Ҳилол» мураббийи истеъфога чиқарилди  2 08:24Эрон чемпионати. Яхшибоев ва Юсупов жамоалари дуранг ўйнади  0 07:50Суперлига. Бугун 8-турга старт берилади  4 06:40Конференциялар лигаси. "Челси" сафарда "Юргорден" дарвозасига 4 та гол урди, "Бетис" эса "Фиорентина"ни мағлуб этди  3 06:30Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Атлетик" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Тоттенхем" эса "Буде-Глимт"ни мағлуб этди  34 02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  3 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  4 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  5 01:11Холанд қайтди  1 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  20 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3 23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  3

“Oltin to'p”ni Benzema olishi uchun 5 sabab Yangiliklar

“Oltin to'p”ni Benzema olishi uchun 5 sabab

Uning faqat bitta chinakam raqobatchisi mavjud.

Matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda Karim Benzemaning o'yini haqida ko'plab iliq fikrlar uchramoqda. Franciyalik forvard shu qadar daxshatli sport formasidaki, uning ismi “Oltin to'p” sovrini bilan birga tilga olinishi hech kimni ajablantirmayapti.

Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev “Championat.Asia” uchun maxsus Benzemaning har bir futbolchining orzusi bo'lgan sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatlarini o'rganib chiqdi.


#1 sabab — OAV va raqiblari tomonidan hurmat
Obro'li britan sayti Goal.com Karimni nomzodlar ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ymoqda. Boshqa qator nashrlar ham shu fikrda — misol uchun, Eurosport, AS va Marca.

Benzema “xeytga” deyarli uchramaydigan kam sonli futbolchilardan hisoblanadi. Ha, Mate Valbuena bilan bo'lgan voqea Benzemaning avtoritetiga salbiy tasir o'tkazdi. Biroq u ancha yillar avval bo'lgan va Karim hammaga etarlicha narsani isbotlab qo'yib ulgurgan.

Benzemaning o'yinidan Ronaldo ham hayratda va hatto “Real”ning ashaddiy dushmani — “Barsa” himoyachisi Dani Alves ham. “Karim “Oltin to'p”ga loyiq, — dedi yaqinda afsonaviy “Zubastik”. — Men bu haqida bir necha yillar avval aytganman. O'sha gaplarim uchun meni ustimdan kulishgandi ham, lekin u chindan sovringa loyiq”. “U “Real” sharafini himoya qilishining menga farqi yo'q, — dedi Dani Alves “Instagram”da. — U qanday futbolchi!”

#2 sabab — kuchsiz raqobatchilar
Benzemaga qo'l kelishi mumkin bo'lgan yana bir muhim omil raqobatchilarning kamroqligi.

Bu mavsum sovrin uchun Ronaldu ham, Messi ham kurashda faol ishtirok etmasa kerak. Goal.com portali ularni hatto kuchli o'nlikka ham kiritmadi. CHinakamiga raqobatchi bo'lishi mumkin bo'lganlardan faqatgina Robert Levandovski va Moxamed Salaxni ajratib ko'rsatish mumkin. Qolgan barcha — Mbappe, Modrich, Mane, De Bryuyne va Vinisius —Benzema bilan raqobatlasha olishlari qiyinroqdek.


#3 sabab — “Real”ning ECHLda g'olib chiqish imkoniyatlari
Raqiblar mavzusini davom ettirib, UEFA CHempionlar Ligasidagi kurashni ham aytib o'tish zarur.

Bu vaziyatda PSJ yoki “Bavariya” kurashdan chiqib bo'lgani, “Real” esa hamon bosh sovrin uchun davogar sifatida qaralayotgani Benzema foydasiga ishlaydi. SHuning uchun Levandovski va Mbappening imkoniyatlari keskin kamayadi.

ECHL yarim finaliga chiqa olganlardan faqat bitta raqobatchi— Moxamed Salax qoladi. Musobaqaning qolgan qismida “Real” va “Liverpul” o'zini qanday ko'rsatarkin? Qiziq jihati, bu ikki klub finalda to'qnash kelishi mumkin.

#4 sabab — daxshatli samaradorlik
Benzema anomal samaradorlik qayd etmoqda. 34 yoshida u CHempionlar Ligasining ikkinchi to'purari (12 gol, Levandovskida — 13) va katta ustunlik bilan La Liga to'purarlari poygasi etakchisi (25 gol, eng yaqin taqibchida —15).

Bundan tashqari Karim golli uzatmalari bilan ham maqtana oladi. Birinchi navbatda bu Ispaniya chempionatiga tegishli: ichki musobaqada Benzema 11 ball jamg'argan, Xavi kelgach “qayta tirilgan” Usmon Dembeleda ham shuncha.


#5 sabab — g'alaba gollari 
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Benzema Ispaniya chempionatida g'alaba gollarini urish bo'yicha yaqqol etakchi hisoblanadi. Karimning sakkiz goli “Real” uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. TOP-5da faqat Kilian Mbappe (11) va Dushan Vlaxovichda (10) yaxshiroq natija kuzatilmoqda. Levandovski va Salax hisobida esa mos ravishda besh va oltita bunday gol mavjud.

CHempionlar Ligasida francuz uchta shunday gol urdi. Benzemaning yana bir goli — “CHelsi”ga qarshi chorak final o'yinining qo'shimcha daqiqalardagi goli “Real Madrid”ni CHempionlar Ligasidan chiqib ketishdan qutqarib qoldi.

Bu mavsum Benzema uchun balki “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun oxirgi imkoniyatdir. Hozir bo'lmasa, qachon?


Muallifning boshqa maqolalarini kuzatib borish uchun telegram-kanalga azo bo'lib qo'yishni unutmang.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика