"Oltin to'p"dan quruq qolgan Vinisius JCH-2026 saralash o'yinlarida umuman gol urolmayapti
20 noy 2024 15:27
Yangiliklar
"Oltin to'p"dan quruq qolgan Vinisius JCH-2026 saralash o'yinlarida umuman gol urolmayapti
Vinisius Junior JCH-2026 saralashi doirasida ketma-ket 7 o'yindan beri Braziliya terma jamoasi tarkibida gol urolmayapti.
Braziliya JCH-2026 saralashi doirasida Urunvay bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
"Real" azosi Vinisius Junior butun o'yinni maydonda o'tkazdi va na gol urdi, na golli pas berdi. Bunday holatda vinger Braziliya terma jamoasi tarkibida barcha musobaqalar doirasida oxirgi beshta o'yinda umuman samarali harakat amalga oshira olmadi.
Hozir davom etayotgan Jahon chempionati saralashida esa Vinisius 7ta o'yinda birorta gol ura olmagan. Umumiy olganda Vini Braziliya tarkibida 37ta uchrashuvda 5 tagina to'p kiritgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar