

Ma'lumotlarga ko'ra, Komor orollari nomidan ishtirok etgan Abdu Boyna PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega ovoz bergan, ammo tekshiruvlar natijasida u ishlayotgan nashr 6 yil oldin yopilgan ekan.
"Abdu Boyna haqida hech qanday ma'lumot yo'q. U boshqa OAVni ko'rsatganida, Fransiya nashrining xatosini tushungan bo'lardim, ammo bunday inson mavjud emas" - deydi Komor orollari jurnalistlar assotsiatsiyasi prezidenti Stefan Axamadi.
Shu bilan birga Trinidad va Tobago nomidan ovoz bergan jurnalist qiz Lasana Liburd tashkilotchilarni qo'pol xatoda aybladi. Ma'lum bo'lishicha, bu qiz ovoz berishda Lionel Messini birinchi o'ringa, Antuan Grizmanni esa beshinchi o'ringa qo'ygan ekan. France Football e'lon qilgan ma'lumotlarda esa ovoz aksincha ko'rsatilgan.



