So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

"Oltin to'p" sohibidan libos olgan, o'yiniga it tushib kelgan hamda uchta evrokubokda gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangan "Nasaf" yarim himoyachisi bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

"Oltin to'p" sohibidan libos olgan, o'yiniga it tushib kelgan hamda uchta evrokubokda gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangan "Nasaf" yarim himoyachisi bilan yaqindan tanishamiz

Gruzin klub tarkibidagi dastlabki ikki o'rtoqlik uchrashuvida ikkita to'p kiritdi.

Jambul, qisqa qilib aytganda, Jaba Jigauri 1992 yilning 8 iyulida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dunyoga kelgan. Yashil maydondagi dastlabki sabog'ini Irakliy Anchabadze qo'l ostidagi "Piramida"da olgan.

Futbol o'ynashni boshlaganimda 8 yoshda edim. O'sha damlar hamon ko'z o'ngimdan ketmaydi. Xayriyatki, tanlovimni oilam qo'llab-quvvatladi. Ilk mashg'ulotlarni SKA stadionida o'tkazganman. Afsuski, ushbu o'yingoh hozirda buzib tashlangan... 

Jaba professional faoliyatini Tbilisining "Dinamo" jamoasida boshladi va debyutini 2011 yilning 22 mayida "Torpedo"ga (1:2) qarshi o'tkazib, jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan. 

Kelgusi yil u "Dinamo"ning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi, ammo 2012/13 yilgi mavsumda u asosiy jamoa safida atigi 2 o'yin o'tkazib, tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. SHunga qaramay, poytaxtliklar bilan mamlakat chempioniga aylandi.

2013/14 yilgi mavsumni Gruziyaning boshqa klubi "CHixura"da ijarada o'tkazgan futbolchi 26 o'yinda 7 ta gol urdi. Keyinroq Jigauri "Dinamo"ga qaytdi.

2015 yil "Barselona"da o'ynayotgan hujumchi Lionel Messi Jigauriga o'z libosini sovg'a qildi. Futbolkani olishda unga kataloniyaliklar safida faoliyat olib borgan Aleks Garsiya yordam bergan.

Mish-mishlarga ko'ra, 2016 yil futbolchiga Italiyaning "Lacio" klubidan qiziqish bo'lgan, biroq bu jiddiy ko'rinish olmagan.

2017 yilning qishida esa Makedoniyaning "Vardar" klubi bilan shartnoma imzoladi va o'sha yili klub bilan mamlakat chempioniga aylandi. Qolaversa, 2017/18 yilgi mavsumda klub bilan Evropa ligasi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Guruh bosqichining so'nggi turida "Vardar" o'z maydonida Norvegiyaning "Rusenborg"ga qarshi (1:1) maydonga tushdi. Mazkur bahsning ikkinchi bo'limida maydonga it yugurib chiqdi va stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlarning kayfiyatini ko'tardi. 

VIDEO

Jambul qishki transferlar oynasida Qozog'istonning "Aqtobe" klubiga o'tdi, biroq mavsumni "Ordabasi" safida boshladi. Qo'shnilarimiz safida 13 o'yinda 3 ta gol urgan hujumkor yarim himoyachi ijara muddati yakunlangach, Franciyaga yo'l oladi va 2-liga vakili "Grenobl" bilan ikki yillik bitim tuzdi.

2019 yilning 20 iyulida Jaba "Dinamo Batumi" bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. 2020/21 yilgi mavsumda klubi bilan mamlakat chempioniga aylandi. 

Umuman olganda, Jigaurining sovrinlar kollekciyasidan uchta Gruziya va bitta Makedoniya chempionligi hamda ikkita Gruziya kubogi oltin medallari o'rin olgan.

Etiborli jihati, Jaba 2021 yilning iyulida "Dinamo Batumi" safida Evropa Konferenciyalar kubogi doirasida San-Marinoning "Tre Pene" jamoasiga to'p kiritdi hamda UEFA turnirlari tarixida har uchala evrokubokda ham gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. U "Dinamo Tbilisi" safida CHempionlar ligasi saralashi gol urgan. SHu bilan birga, poytaxtliklar hamda "CHixura", "Vardar" klublari safida Evropa ligasi saralash bosqichida ham raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

2023 yil futbolchi Qozog'istonning "Kaspiy" jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 11 uchrashuvda maydonga tushdi.

12 iyul kuni esa 31 yoshli gruziyalik yarim himoyachi "Nasaf" bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Qayd etilishicha, futbolchining Qozog'iston klubini tark etishiga uning maoshini kamaytirishga bo'lgan urinish sabab bo'lgan.

Meni taniganlar yaxshi bilishadi, umrim davomida futbolga oshno bo'lib yashayman. Bu men uchun hayot qonuni. Hech narsa osmondan tushib qolmaydi. Gruzinlarda yaxshi maqol bor: Nima eksang, shuni o'rasan. Men o'z ustimda qattiq ishlashga, qatiy rejimga amal qilishga harakat qilaman.

Jaba Jigauri Gruziya milliy jamoasi azosi sanaladi va termada 22 ta o'yin o'tkazgan. O'yinchi termadagi debyutini 2016 yilning 27 may kuni Slovakiyaga qarshi o'tkazgan va 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan. SHu yilning yozida esa jamoa Ispaniyani 1:0 hisobida taslim etgan. 

Terma jamoa libosini kiyish bolalikdan beri orzum hisoblangan. Futbolchi uchun davlat madhiyasi sadosi ostida maydonda qad rostlab turishdan ortiq baxt yo'q.

Jigauri qaysi klub ishqibozi?

Bolaligimdan "Liverpul"ga muxlislik qilaman. Albatta, "Barselona"ning o'yinlari ham yoqadi.

Jaba "Nasaf" safidagi ikki o'rtoqlik o'yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning haqiqiy kuchiga esa rasmiy bellashuvlarda guvoh bo'lamiz.

ECHLda "Borussiya"ga gol urgan va "Real" bilang durang o'ynagan hamda chempionlikni nishonlash paytida jarohat olgan "Paxtakor"ning yangi o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz

Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика