Oltin to'p-2016. Da'vogarlarning 13 nafari Ispaniyada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2016, 08:31
Fransiyaning France Football jurnali Oltin to'p-2016 uchun da'vogar bo'lgan 30 nafar futbolchi nomini e'lon qildi.

Da'vogarlar orasida 13 nafari Ispaniya primerosida o'ynaydi. 8 nafar futbolchi APLda faoliyat olib boradi. Bundesligada 5, Italiya A seriyasida 3 va Portugaliya ligasida 1 nafar futbolchi sovrin uchun kurashadi.

Terma jamoalar orasida esa Argentina va Fransiya peshqadam. Bu ikki mamlakatning 4 nafardan futbolchisi nomzodlar orasida qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia