"Oltin kuz" futbol festivali o'z yakuniga etdi
08 noy 2017 20:53
Yangiliklar
"Oltin kuz" futbol festivali o'z yakuniga etdi
Xabar berib o'tganimizdek, bu gal musobaqada jami 20ta jamoa ishtirok etdi. Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi zalida tashkil etilgan festival yosh futbolchilarga manzur bo'ldi. Bu musobaqa O'zbekiston futbol federaciyasi va Toshkent shahar futbol federaciyasining o'zaro hamkorligida tashkil qilindi. "Oltin kuz" futbol festivaliga "ChaCha" savdo belgisi bosh homiy vazifasini bajardi.
Musobaqa festival tartibida o'tgani bois jamoalarning ochkosi hisoblanmadi va yakunda barcha ishtirokchilarga kubok, maxsus diplom hamda oltin medallar topshirildi. Bundan ko'zlangan maqsad hech kimning xafa bo'lmasdan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va bolakaylarning futboldan rohat olishlarini taminlashdir.
Festival yakunida yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Kubok va medallarni bolakaylarga Toshkent shahar futbol federaciyasi vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev hamda taniqli murabbiylardan biri Rauf Inileev topshirdi.
Quyida uchinchi kun natijalarini keltirib o'tamiz.
8 noyabr.
2009 yilda tavallud topganlar
BO'SM-16 -“Nasaf” 1:1
“Spartak-2” - “Nasaf-2” 0:0
“Paxtakor” - "Spartak" 3:0
“Junior Football” - “Qo'qon-1912” 3:2
“Odil Junior” – “Do'stlik” 3:0
"Metallurg" – “Mega Sport” 0:3
2010 yilda tavallud topganlar
"Mega Sport" - "Lokomotiv" (A) 0:2
"Bunyodkor" - "Lokomotiv-Boysun" 1:3
IBO'SM - "Istiqlol" 1:3
"Lokomotiv" (B) - "Qo'qon-1912" 3:0
Fikrlar