Olti nafar advokat Kokorin va Mamaevni himoya qilishni istamadi
10 okt 2018 17:50
Yangiliklar
Olti nafar advokat Kokorin va Mamaevni himoya qilishni istamadi
"Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin va "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev o'zlari ishtirokidagi mushtlashuv ishi ko'rib chiqilishidan oldin muammoga duch kelishdi.
Malumotlarga ko'ra, olti nafar advokat futbolchilarni himoya qilishni istashmadi. Manba so'zlariga ko'ra, Birinchi kanal boshlovchisi Olga Ushakovning haydovichi bilan mushtlashuv ishida Mamaev va Kokorin jazolanishi tayin, bu esa advokatlar obro'siga jiddiy putr etkazadi. Ikkinchi ishda esa futbolchilarni himoya qiladiganlar katta qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, chunki jabrlanuvchi - Moskva amaldori Denis Pak.
Oldinroq, Kokorin va Mamaev belgilangan vaqtda policiya bo'limiga bormagani, endi ular majburan olib kelinishi elon qilingan edi.
Fikrlar