So’nggi yangiliklar

13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  0 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  2 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  2 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  6 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3

"Olmaliq"ning 2017 yilgi mavsum ko'rsatkichlari Yangiliklar

"Olmaliq"ning 2017 yilgi mavsum ko'rsatkichlari

Teglar :  OlmaliqOliy liga
2017 yilgi futbol mavsumida "Olmaliq" oliy ligada o'ninchi marta ishtirok etdi.

Kichik yubiley mavsumda "Olmaliq" tarkibida katta o'zgarishlar kuzatildi. Dastlab, 9 yil mobaynida jamoani boshqargan Igor SHkvirin jamoa bilan xayrlashdi. Uning o'rniga o'zbek futboliga begona bo'lmagan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov taklif etildi. Yangi murabbiylar shtabi tarkibi shakllantirildi va jamoa tayyorgarlikka kirishdi.
Yanvar va fevral oylarida "Olmaliq" Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi. Futbolchilar tarkibi ham tubdan o'zgarib ketdi. Dastlabki turda Buxoroda kichik hisobda mag'lubiyatga uchragan jamoamiz beshinchi turga qadar o'z hisobiga g'alaba yozib qo'ya olmadi. Bu esa jamoa atrofida turli gap-so'zlarni keltirib chiqardi. Ammo jamoa azolari birdamlikda bu muvaffaqiyatsizlikdan chiqib keta olishdi. Beshinchi turda o'z maydonida "Nasaf" mag'lub etilgach, jamoa ketma-ket 12 o'yinda mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi. Bu ko'rsatkichlar orqali birinchi davra 4-o'rinda yakunlandi.

Ikkinchi davra oldidan jamoa Belorussiya poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulotlarida ishtirok etib qaytdi. Afsuski, natijalar bu davrada kutilganidek boshlanmadi. Bunga jamoa futbolchilarining aksariyatida jarohat borligini ham sabab qilish mumkin. SHunday bo'lsada, mavsum yakunida jamoa o'ziga kela boshladi va mavsumni 44 ochko to'plagan holda 7-o'rinda yakunladi.

Jamoaning bu natijasiga mavsum davomida maydonga tushgan 27 futbolchi o'z hissasini qo'shdi. O'tkazilgan 30 uchrashuvda "Olmaliq" azolari raqib darvozasini 31 marta ishg'ol etdi. O'z hisobiga 6 gol yozib qo'ygan belorussiyalik legioner Vladislav Kasminin jamoa to'purari bo'ldi. Serbiyalik Igor Yelich 5 gol bilan ikkinchi bo'ldi. Umumiy hisobda bu mavsumda "Olmaliq" darvozasini 4 posbon qo'riqladi. 30 o'yinda raqiblar 32ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Jamoa azolariga 2 marta qizil kartochka ko'rsatildi va 58 marta futbolchilar sariq kartochkaga loyiq ko'rilishdi.

Jamoa futbolchilarining umumiy statistikasi quyidagicha:


#

Futbolchi

Tug'ilgan sanasi

O'yin

Daqiqa

Gol

SK

QK

88

Yelich Igor

28.12.1989

29

2528

5

6

0

55

Berdimurodov Rahmatullo

24.10.1987

27

2430

1

4

0

5

Jo'raev Dilshod

21.04.1992

27

2149

2

6

0

90

Kasminin Vladislav

17.01.1990

27

2430

6

7

0

2

Hojiakbarov Abduqahhor

18.07.1989

27

2274

0

2

0

19

Inomov Islom

30.05.1984

22

1959

1

6

0

18

Mullajonov SHavkat

18.01.1986

22

1980

2

2

1

10

Norbekov SHohnazar

18.07.1994

21

1341

3

3

0

11

Klishin Viktor

15.12.1982

20

421

0

0

0

17

Murzoev Kamoliddin

17.02.1987

20

1648

2

4

0

8

Grigalashvili SHota

21.06.1986

17

743

1

2

0

15

Musabekov Farxat

03.01.1994

16

822

0

0

0

23

Polvonov Zafar

19.02.1985

15

1062

3

2

0

13

To'raev Lutfulla

30.03.1988

15

1214

0

3

0

21

G'ulomov G'ulomhaydar

21.12.1990

14

858

2

1

0

94

Muxtorov Xurshid

09.02.1994

14

1067

0

3

0

70

Rixsiboev Sanjar

16.10.1993

14

992

1

2

0

O'rinboev Zabihillo

30.03.1995

11

380

1

0

0

46

Xodjaev Xurshid

14.02.1988

11

990

0

1

0

Rahmatullaev Alibobo

08.02.1991

10

204

0

0

0

12

Abdulov Roman

10.05.1987

7

630

0

1

0

45

To'raev Akbar

27.08.1989

7

630

0

0

0

99

Ziyovutdinov Nizomiddin

25.04.1998

5

450

0

0

0

77

Isaev Muhammad

01.09.1994

5

294

0

2

0

33

Usmonov Doniyor

07.06.1994

4

58

0

0

0

6

Magerramov Vusol

20.08.1990

2

99

0

1

1

35

Yusupov Dadaxon

31.03.1997

1

22

0

0

0

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика