So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Olmaliqda yangi sport majmuasi Yangiliklar

Olmaliqda yangi sport majmuasi

Mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir istedodli sportchilarni tarbiyalash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 19 yanvarda qabul qilingan “2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda yangi stadionlar barpo etildi, mavjudlarini rekonstrukciya qilish va tamirlash ishlari amalga oshirildi. Bolalar va o'smirlar futbol maktablarini zamonaviy sport inventarlari bilan taminlash, malakali murabbiylar va hakamlar tayyorlash ishlarini yaxshilashga etibor yanada kuchaydi.

Toshkent viloyatida bu borada muayyan ishlar bajarilmoqda. O'tgan yili viloyatda yigirmadan ziyod kichik futbol maydonlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Bir nechta stadion tamirlandi, yangilari barpo etildi.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq akciyadorlik jamiyatiga qarashli qurilish-tamirlash korxona va tashkilotlari tomonidan bunyod etilgan “Olmaliq” futbol klubining yangi stadioni – sport majmuasi bunga yorqin misoldir.

So'nggi pardozlash va jihozlash ishlari amalga oshirilayotgan mazkur majmua qurilishida ishlatilgan materiallarning asosiy qismi yurtimizda ishlab chiqarilgan.

Olmaliq shahri chiroyiga-chiroy qo'shgan ushbu sport inshootiga kiraverishdagi favvora, yangi tashkil etilgan bog'dagi gullar, archa va boshqa manzarali daraxtlar bu erga kelgan kishining kayfiyati va ruhiyatini ko'tarib yuboradi.O'n ikki ming o'rinli stadionning mamuriy binosida klub rahbariyati, murabbiylar, futbol mamurlari, hakamlar va sportchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.Jurnalistlar va tibbiyot xodimlari uchun alohida xonalar mavjud. Binoning birinchi qavatiga tutash ikkita manejda futzal, voleybol, qo'l to'pi, boks, kurash kabi sport turlari bilan shug'ullanish mumkin.

Mamuriy bino va asosiy futbol stadionidan tashqari, uchta tennis korti, bitta basketbol, mashg'ulotlar va nazorat o'yinlari o'tkaziladigan futbol maydonlarini o'z ichiga olgan majmua tennis, basketbol va boshqa sport turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Stadionda o'yinni sifatli tasvirga olish uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan. Bu erdagi video-tablo muxlislarga futbol uchrashuvini har tomonlama ko'rish imkoniyatini yaratadi. Yoritish uskunalari FIFA talablariga to'la mos keladi. Avtomobillar uchun maxsus to'xtash joylari mavjud.

Asosiy futbol maydonining etmish foizi tabiiy o't, qolgan qismi suniy qoplamadan iborat. Mutaxassislarning aytishicha, bunday stadionda futbol o'ynash har jihatdan qulay, uning normal holatini saqlash ko'p mehnat va xarajat talab etmaydi.

– Yangi stadionimizda tomoshabinlar, futbolchi va murabbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bugungi kun talablari darajasida, – deydi “Olmaliq” futbol klubi bosh murabbiyi Igor SHkvirin. – Bunday zamonaviy va qulay sharoit yaratib bergan davlatimiz rahbaridan behad minnatdormiz. Maqsadimiz milliy chempionatimizda tezkor va chiroyli o'yin ko'rsatish, yuqori natijalarga erishish, muxlislarni xursand qilish, qita va jahon chempionatlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritish hamda o'zbek futboli rivojiga munosib hissa qo'shishdir.

2008 yildan buyon oliy ligada to'p surib kelayotgan “Olmaliq” futbol jamoasining milliy chempionatimizda erishayotgan natijalari yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. 2011 yili klub chempionatimizda o'n birinchi, 2012 yili sakkizinchi, o'tgan yili esa beshinchi o'rinni band etgani fikrimizni tasdiqlaydi.

Klub qoshida faoliyat olib borayotgan futbol maktabida ayni kunda 7-16 yoshli ikki yuz ellik nafarga yaqin bola shug'ullanmoqda. Ularga tajribali, professional murabbiylar “millionlar o'yini” sir-asrorlarini o'rgatayotir.

Nazariy va amaliy mashg'ulotlarning boshlang'ich, tayyorlov va takomillashuv kabi bosqichlarida chiniqayotgan, tajriba va mahoratini oshirib borayotgan o'smirlar viloyat va mamlakat miqyosida o'tkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etmoqda. O'tgan yili maktabning 1998-2000 yillarda tug'ilgan bolalardan tarkib topgan jamoalari viloyatda birinchi, respublikada uchinchi o'rinni egalladi.

– Mashg'ulotlarda murabbiylarimiz jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka alohida etibor berayotgani uchun ham ana shunday yutuqlarga erishmoqdamiz, – deydi himoyachi SHarof Ubaydullaev. – Niyatim, kelajakda kuchli futbolchi bo'lib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdir.

Maktabda yurtimizning taniqli sport ustalari ishtirokida ko'rgazmali mahorat saboqlari tashkil etilayotgani bolalarning sportga qiziqishini oshirishda muhim omil bo'layotir. Jumladan, milliy terma jamoamizning etakchi vakillaridan biri, 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi Vitaliy Denisovning mahorat saboqlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Bu erda futbol bilan shug'ullanayotgan bolalarning qirq besh nafarini qizlar tashkil etadi. 15 yoshli Komila Zaripova ulardan biri.

– Ayollar o'rtasida bir necha marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan “Sevinch” futbol klubi qizlariga havas qilib, shu erga kelganimga ham bir yildan oshdi, – deydi Komila. – Bu erda meni katta murabbiy yordamchisi Navbahor Qosimova kutib oldi, mashg'ulotlarni boshladim. To'p bilan ko'proq ishlashga kirishdim. Bekobod qizlar futbol jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida ilk marotaba maydonga tushganim, ohangaronlik qizlar jamoasi darvozasiga to'p kiritganim hech yodimdan chiqmaydi. Ana shu musobaqalar, mashg'ulotlarning o'zgacha olib borilishi futbolga bo'lgan munosabatimni, qiziqish va intilishimni yanada oshirdi. Niyatim – yurtimizning eng kuchli ayollar futbol klublarida, milliy terma jamoamiz safida to'p surishdir.

“Olmaliq” futbol klubi qoshidagi maktabda yaratilgan keng imkoniyatlar, mashg'ulotlarning yuqori saviyada, eng ilg'or usullar asosida olib borilishi yosh futbolchilarning o'z kuchi va salohiyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Sport – bolalarni sog'lom, jismonan va manan barkamol insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotganining zamirida ham ana shunday ezgu maqsadlar mujassamdir.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика