"Olmaliq": Yoshlar jamoasi ham mashg'ulotlarga kirishdi
23 dek 2015 19:06
Yangiliklar
"Olmaliq": Yoshlar jamoasi ham mashg'ulotlarga kirishdi
Azam SHerg'oziev murabbiyligi ostida shug'ullanayotgan yoshlar jamoamiz ham mashg'ulotlarga kirishgan.
Joriy mavsumda 4-o'rinni band etgan yoshlarimiz 16 dekabrdan Olmaliq shahrida tayyorgarlikni boshladi. Jamoa tarkibida hozircha mahalliy futbolchilar mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. O'tgan haftada yoshlarimiz dastlabki nazorat o'yinini o'tkazishdi. CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi Olmaliqqa tashrif buyurdi. Uchrashuvda jamoamiz yoshlari raqib darvozasiga javobsiz 10 ta to'p kiritishdi. Ko'rikdan o'tishni xohlayotgan yoshlar ko'pligi sababli jamoamiz navbatdagi nazorat o'yini tashkil etadi. Uchrashuv oliy liga debyutanti Toshkent shahrining "Obod" jamoasi yoshlariga qarshi bo'lib o'tadi. Bu bahs ertaga 24 noyabr kuni "Obod" stadionida tashkillashtiriladi. O'yin 12-00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar