So’nggi yangiliklar

23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионатларининг амалдаги ғолиблари Анталияда баҳс ўтказишади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2

"Olmaliq": To'rt futbolchi jamoadan ketdi Yangiliklar

"Olmaliq": To'rt futbolchi jamoadan ketdi

Bugun Olmaliq shahridagi suniy qoplamali maydonda Muborakning "Mashal" jamoasi bilan ikkita o'yin o'tkazildi.
Bu galgi o'yin ham kuchli yomg'ir va qor ostida o'tdi. Dastlabki o'yinda jamoamiz 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi taymda G'ulom O'runov qanotdan oshirib berilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'llagan bo'lsa, ikkinchi taymda moldovalik legioner burchakdan oshirib berilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'lladi. Birinchi o'yinda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga tushdi.

"Olmaliq": Timur G'aniev, Azamat Isroilov, Salamat Quttiboev, Adrian Kashkaval, Akmal Bozorov, Jahongir Abdumo'minov, Diyor Turopov, G'ulom O'runov, Sunnatilla Mamadaliev, Nikita Pavlenko, Nemanya Yovanovich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Doniyor Ismoilov, Berumi Abdunabiev, Islom Isoqjonov.

Ikkinchi bahsda maydonni butunlay qor qoplab oldi. Bu o'yinga ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. SHu o'rinda ikkinchi o'yinda maydonga tushgan "Mashal" futbolchilari yaxshi harakat qilishganini ham takidlash joiz. Ikkinchi taymda Humoyun Murtazoev tomonidan urilgan gol gazchilar g'alabasini taminladi. Bu bahsda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga tushdi.

"Olmaliq": Akmal Ortiqov, Sarvar Jo'raev, Evgeniy Gogol, Islom Inomov, Elbek Ochilov, Dilyaver Abibullaev, Sanat SHixov, Muhammad Isaev, Azamat Bobojonov, Zohir Pirimov, Zafar Polvonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHohrux Eshbo'taev, Abdumalik Toshpo'latov, Ivelie Dorde, Maruf Tillaev, Abdulatif Abduqodirov.

O'yin yakunlangach, jamoani bir necha futbolchi tark etdi. Dilyaver Abibullaev, Zafar Polvonov, Abdulatif Abduqodirov va Berumi Abdunabiev mavsumni boshqa jamoalarda boshlashi mumkin. Jamoa rahbariyati va barcha azolari "Olmaliq"dan ketgan barcha futbolchilarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика