So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Olmaliq": "Terek" bilan jangovor durang Yangiliklar

"Olmaliq": "Terek" bilan jangovor durang

"Olmaliq" Antaliyada o'zining uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Bu gal Rossiya premer ligasi vakili Grozniy shahrining "Terek" jamoasi raqib bo'ldi.

O'yin tafsilotlariga to'xtaladigan bo'lsak, maydonda hujumkor futbol namoyish etildi. Raqibdan hech bir jabhada qolishmagan "Olmaliq" futbolchilari ancha faol o'yin ko'rsatishdi. Jamoa hujumlaridan biri samarasiz yakunlangan holatda "Terek" futbolchilari tezkor qarshi hujumda gol urishga erishishdi. Bu 42-daqiqaga to'g'ri keldi.

Ikkinchi taymda ham hujumkorlik dastlabki taymdan kam bo'lmadi. 54-daqiqada Kamoliddin Murzoev raqib xatosini gol bilan jazoladi. Bahsning 70-daqiqasida raqibimiz yana hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan ikki daqiqa o'tib jamoamiz hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qolgan "Terek" azosi maydondan chetlatildi. Kelishuvga ko'ra maydondan haydalgan futbolchi o'rniga zaxiradan boshqa futbolchi "Terek" safini to'ldirdi. Hisobda ortda qola boshlagan "Olmaliq" hujumkorlikni oshirdi. Bu o'yinning so'nggi daqiqasida Jahongir Abdumo'minov tomonidan urilgan gol bilan yakun topdi. Yakuniy hisob - 2:2.

Vaziyatlar bo'yicha raqibdan biroz ustunlikka erishgan jamoa futbolchilari o'yindan-o'yinga hamjihatlik va shiddatkorlikni oshirishmoqda.

O'yinda "Olmaliq" sharafini quyidagi futbolchilar himoya etishdi.

"Olmaliq": Temur G'aniev, Salamat Qutiboev, Evgeniy Gogol, Adrian Kashkaval, Islom Inomov, SHavkat Salomov (Diyor Turopov, 46), Jahongir Abdumo'minov, G'ulom O'runov, Arslonmurod Omonov, Kamoliddin Murzoev (Azamat Isroilov, 75), Nemanya Yovanovich.

Jamoa 1 martga qadar Antaliyada yana ikkita nazorat o'yini o'tkazadi. Navbatdagi o'yinlar sanasi va raqiblar haqida keyinroq saytimiz orqali xabar beramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика