So’nggi yangiliklar

08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0

"Olmaliq": Salamat Qutiboev, SHavkat Salomov va Robert Jilin ketishdi Yangiliklar

"Olmaliq": Salamat Qutiboev, SHavkat Salomov va Robert Jilin ketishdi

Teglar :  Olmaliq
"Paxtakor" jamoasi bilan o'tkazilgan nazorat o'yinidan so'ng, dastlabki yig'inga yakun yasaldi.

17 dekabrdan boshlangan mashg'ulotlarda 26 nafar futbolchi ishtirok etdi. Rejaga ko'ra amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazildi. Qibraydagi poytaxtliklar bazasida o'tgan uchrashuvda 3:1 hisobida mezbonlar zafar quchishdi. Birinchi taymda Akbar Ismatullaev dublga erishgan bo'lsa, ikkinchi taymda Zohir Pirimov hisobni bittaga qisqartirdi. O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Akobir To'raev hisobni 3:1ga etkazdi. Bu bahsda biroz jarohati borligi sabab G'ulom O'runov ishtirok etmadi. Ikki darvozabon Akmal Ortiqov va Temur G'aniev esa mashg'ulot bilan cheklandi.

Salamat Qutiboev va SHavkat Salomov boshqa jamoaga o'tishga qaror qilgan. Mashg'ulotlarda ishtirok etgan Ro'zimboy Ahmedov xorijga yo'l olgan. Ro'zimboy xorij klubida qolmagan taqdirda yana jamoamizga qaytishi mumkin. "Paxtakor" bilan o'yinda quyidagi futbolchilar ishtirok etishdi.

"Olmaliq" - "Paxtakor" 1:3
Gollar:
Zohir Pirimov 67 - Akbar Ismatullaev 9, 16, Akobir To'raev 80.
CHetlatishlar: Doston Abdurahmonov 65 - Navro'zbek Alimov 65.
"Olmaliq" (1-taym): Roman Abdulov, Obid Jo'raboev, Islom Inomov, Artyom Filiposyan, Robert Jilin, Doniyor Inomov, Muhammad Isaev, Farrux Axunov, Murod Rajabov, Evgeniy Kochnev, Islombek Isoqjonov.
"Olmalik" (2-taym): Umid Xonimqulov, Obid Jo'raboev, Saidkomil Akbarov, Azamat Abdullaev, Abbos Po'latov, Doston Abdurahmonov, Saxob Jo'raev, Doston Toshmatov, Azamat Isroilov, Abduqahhor Hojiakbarov, Zohir Pirimov.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Adnan Oroxovac, Egor Krimec, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Javohir Siddiqov, Stanislav Andreev, Azim Ahmedov, Abbos Maxstaliev, Suxrob Berdiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita Ribkin, SHerzod Karimov, Alisher Mirzaev, Navro'zbek Alimov, Jasur Yaxshiboev, Abbos Otaxonov, Akobir To'raev, Akmal Tursunboev.

Mazkur uchrashuv bilan birinchi yig'in yakunlandi. Jamoada ko'rikda bo'lgan rossiyalik Robert Jilin, Doniyor Inomov va Farrux Axunovga javob berildi. Qolgan futbolchilar 4 yanvardan boshlanadigan ikkinchi yig'inda mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Olmaliq shahrida o'tadigan ikkinchi yig'inda xorijlik futbolchilarimiz Evgeniy Gogol va Arslanmurod Amanov ham qo'shiladi. SHuningdek, bir qator yangi futbolchilar ham jamoa safiga qo'shilishi kutilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика